Xurram Alimurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xurram Alimurodov
Tavalludi 1940-yil 14-mart
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani, Angor qishlog'i
Vafoti ?
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Tilshunos
Ish joylari Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi (OʻzMU)
Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi (TerDU)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari nomzodi
Tezis sarlavhasi Quyi Surxondaryo oʻzbek qipchoq shevalarining morfologiyasi (ot va feʻl)
Akademik rahbarlari Karim Nazarov

Xurram Alimurodov (1940-yil 14-mart; Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati — ?) — Tilshunos, Filologiya fanlari nomzodi[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurram Alimardonov 1940-yil 14-martda Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumani tarkibidagi Angor qishlog'ida tug'ilgan. 1954-yil Angor qishlog'idagi Karl Marks nomli maktabning 7-sinfini bitirgan. 1958-yilda Termiz pedagogika bilim yurtini bitirgan. 1960-yilda Toshkent davlat universitetining oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga oʻqishga kirgan.

1965-yil 19-mayda „Oʻzbek tilida koʻmakchili boshqaruv“ mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Karim Nazarov rahbarligida „Quyi Surxondaryo oʻzbek qipchoq shevalarining morfologiyasi (ot va feʻl)“ mavzusida ish olib borgan va 1982-yilning 27-sentyabr kuni Oʻzbekiston SSSR Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

1960-yilda Jarqoʻrgʻon tumanidagi 33-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 1968-yilning avgust oyigacha Surxondaryodagi Alisher Navoiy nomli 7-oʻrta maktabda til-adabiyot oʻqituvchisi va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

1971—1975-yillarda institutda sirtqi boʻlim dekani oʻrinbpsari lavozimida faoliyat yuritgan. Ishdan ajralmagan holda Toshkent davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining aspiranturasida oʻqigan[2].

Institutda „Hozirgi zamon oʻzbek tili“ va „Oʻzbek dialektologiyasi“ kurslaridan maʻruzalar oʻqigan.

Termiz davlat universitetining Oʻzbek tilshunosligi kafedrasida ham faoliyat yuritgan[3].

1968-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʻzo boʻlgan[2].

Mualliflik maqolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Surxondaryo oblast qoʻngʻirot shevalarida -lar affiksining maʻnolari“
  • „Surxondaryo oblast qoʻngʻirot shevalarida koʻplik kategoriyasi“
  • „Oʻzbek tilining qoʻngʻirot shevalariga xos boʻlgan ayrim affikslarning semantik xususiyatlari“
  • „Quyi Surxondaryo shevalarida affiksatsiya usuli bilan soʻz yasalishi“
  • „Об одной форме множественности и нижнесурхандарьинском говоре узбекского языке“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qodirov 1990, s. 59.
  2. 2,0 2,1 Qodirov 1990, s. 60.
  3. „O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI“. tersu.uz. Qaraldi: 5-avgust 2023-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qodirov Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent: Toshkent, 1990 — 312 bet.