Kontent qismiga oʻtish

Xurshid Tojiboyev (yozuvchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tojiboyev Xurshid Zohidullo oʻgʻli
Asl ismi Тожибоев Хуршид Зоҳидулло ўғли
Tavalludi 21-iyun 1995-yil (1995-06-21) (29 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish bolalar yozuvchisi
Shoh asari "Hayolparast xo‘tikcha"
"O‘rmon ertaklari"

Tojiboyev Xurshid Zohidullo oʻgʻli (oʻzbekcha: Тожибоев Хуршид Зоҳидулло ўғли; 1995-yil 21-iyun, Toshkent) — bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner va sportchi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yil 21-iyunda Toshkent shahrida ijodkorlar oilasida tug‘ilgan. Yozuvchi Muhabbat Yoʻldoshevaning farzandi[2]. Opasi - Gulnoz Tojiboyeva, bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner va taʼmirshunos-rassom.

4 yoshidan ertak to‘qishni boshlagan. Uning ertaklari “Tong yulduzi”, “Klass”, “Gulxan”, “G‘uncha” kabi Respublika nashrlarida chop etilgan. Ingliz, rus, qozoq, vetnam va qirg‘iz tillariga tarjima qilingan.

Hozirda Belgiya (“Atunis Galaxy Poetry” adabiy jurnali), Angliya (“DASH” adabiy jurnali), Pokiston (“Sindh Courier” adabiy jurnali), Ukraina (“Aвтограф” adabiy jurnali), Rossiya (“Камертон” adabiy-tarixiy veb-jurnali), Qirg‘iziston nashrlarida chop etilmoqda[3].

Bolalar uchun 5 ta kitobi muallifi: “O‘rmon ertaklari” («Zarqalam» nashriyoti, 2006), “O‘rmon alifbosi” («Chashma» nashriyoti, 2012), “O‘rmon alifbosi” («Donish chirog‘i» nashriyoti, 2018), “Sayohatchi kemacha” («Future books» nashriyoti, 2022), “Mergan toshbaqa” («Future books» nashriyoti, 2022)[4].

Qirg‘iz yozuvchisi Bek Jildizning “Qishdagi voqea”, “Chumoli Chu va chigirtka Chika”, “Chumoli Chu”, “Mehribon qo‘shni”, “Ayyor kapalak”, “Ob-havo bilimdonlari”, “Do‘stlar” kabi ertak kitoblarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Mashhur nemis yozuvchisi Otfried Preußlerning “Jajji Jodugar” nomli ertak-qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan[5]. Kompyuter dasturlari bo‘yicha mutaxassis, dizayner-illyustrator sifatida ham faoliyat olib boradi[6].

Har yili o‘tkaziladigan “Humo” xalqaro ertaklar tanlovining bosh homiysi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Ona madhi” tanlovining “Eng yaxshi hikoya” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rin sohibi[7]. Xalqaro Amir Temur kubogida 1-o‘rin sohibi (2005). Taekvon-do ITF sport turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibi, sport ustaligiga nomzod darajasiga ega bo‘lgan.