Yağmur Tanrısevsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yağmur Tanrısevsin
Tavalludi 24-avgust 1990-yil (1990-08-24) (33 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi aktirisa, dizayner
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirgacha
Veb-sayti yagmurtanrisevsin.com

Yağmur Tanrısevsin (1990-yil 24-avgustda tugʻilgan) — turkiyalik aktrisa va dizayner.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanrısevsin Marmara universitetining Tasviriy sanʼat fakultetining dizayn yoʻnalishini tamomlagan. U oʻz ijodiy faoliyatini har ikki sohada yaʼni aktrisalik va dizayn yoʻnalishlarida davom ettirmoqda. U Meltem Cumbul, Betül Alganatay, Ümit Çırak, Bahar Kerimoglu va Merve Taşkan kabi aktyorlardan aktyorlik saboqlarini olgan. U ingliz tilidagi „The Tradegy“ nomli qoʻrqinchli filmda Jennifer rolini oʻynagan[1].

Pis Yedili“ serialida mehmon rolini ijro etgan. 2011-yilda „Adini Feriha Koydum“ serialida Ece rolini ijro etgan, 2013-yilda esa „Aşk Ağlatır“ filmida rol oʻynagan. Kino karerasini „Geniş Aile: Yapıştır“ serialida Chagla rolini va „Yok Artık 2“ serialida Damla rolini ijro etgan filmlari bilan davom ettirdi. Aktirisa „Güneşi Beklerken“ filmida Melis Güzelning hissiy inqirozni boshidan kechirayotgan mashhur bir oilaning nozik qizi rolini ijro etganligi orqali katta muvaffaqiyatga erishdi[2]. U 2014-yilda Haluk Bilginer rol oʻynagan filmga „Kaçak“ rolida qoʻshildi. U televideniyedagi faoliyatini „Bana Baba Dedi“, „May Kraliçesi“ va „İki Yalanji“ seriallarida rollar bilan davom ettirdi[3]. 2020-yilda aktrisa 2021-yil aprel Box Office maʼlumotlariga koʻra Turkiyada barcha davrlarning eng koʻp koʻrilgan 68-filmi hisoblangan „Baba Parasi“ filmida rol oʻynadi[4].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalit
Hali chiqarilmagan filmlarni bildiradi
Yil Sarlavha Rol Izoh Mnb.
2013-yil The Tragedy Jennifer turkcha
Aşk Ağlatır Banu
2015-yil Geniş Aile Yapıştır Chagʻla
2016-yil Yok artık! 2 Damla
2020-yil Baba Parasi Tulin
Üçüncü Gün Elya

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Roli Izohlar Mnb.
2012-yil Kalbim Seni Seçti Kotib (mehmon koʻrinishi)
Kalbim Seni Seçti Muge
Adini Feriha Koydum Ece
2013—2014-yillar Güneşi Beklerken Melis Güzel
2014—2015-yillar Kaçak Tulay Mengen
2015-yil Bana Baba Dedi Didem
2015—2016-yillar Mayıs Kraliçesi Nehir [5]
2017-yil İki Yalancı Duygu
2021-yil Menajerimi Ara Oʻzi
2021—2022-yillar Kalp Yarasi Ayshe Sancakzade /Yilmaz Asosiy rahbar

Mukofotlari va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Ish Natija Mnb.
2014-yil 5. Ayaklı News Paper Television mukofotlari Yoshlar dramasida eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa Güneşi Beklerken [6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yağmur Tanrısevsin kimdir, kaç yaşında? İşte biyografisi“ (2020-yil 3-aprel). Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  2. „Güneşi Beklerken'in Melis'i bulimia hastalığına yakalanır-Güneşi Beklerken“. Bugün. 2014-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  3. „Yağmur Tanrısevsin kimdir? Yağmur Tanrısevsin nereli ve kaç yaşında?“ (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  4. „Türk Filmleri Seyirci Rekoru - İlk 100 (1989'dan günümüze)“. Box Office Turkey. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
  5. „Nehir (Yağmur Tanrısevsin) kimdir biyografisi Mayıs Kraliçesi Dizisi“. Haberneo. 2015-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-noyabr.
  6. „Güneşi Beklerken'de neler oldu?“. Kanal D. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]