Yana-indigirka pasttekisligi
Qiyofa
Yana-indigirka pasttekisligi — Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari sohilidagi pasttekislik. Gʻarbda Omoloy daryosi vodiysidan sharqda Indigirka daryosigacha 700 km dan ortiq masofaga choʻzilgan. Eng serbar joyi 300 km. Koʻpchilik joylarda bal. 100 m (ayrim qoldiq qirlarning bal. 350–500 m). Gʻovak dengiz va quruqlik yotqiziqlari hamda qalin muzlar bilan qoplangan. Kattagina qismida tundra oʻsimliklari oʻsadi. Ya. Yana-indigirka pasttekisligi kuchli botqoqlashgan. Termokarst koʻl koʻp.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |