Kontent qismiga oʻtish

Yangiqalʼa qabristoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yangiqalʼa qabristonimil. av. 2-ming yillikning 2-yarmiga oid qadimiy qabriston. Ashxobod viloyatining Goʻktepa tumanidagi Yangiqalʼa qishlogʻida. Qabristonni Yangiqalʼa maktab oʻquvchilari (1951 yil) topgan, arxeolog A.F.Ganyalin tekshirgan. Oltita erkak va bitta ayol qabri ochilgan. Jasadlar chap yonboshi bilan gʻujanak qilib dafn etilgan. Jasadning bosh yoki oyoq tomoniga loydan tayyorlangan idishlar qoʻyilgan. Qabrlardan hammasi boʻlib loydan ishlangan 17 ta turli shakl va hajmdagi idish, shuningdek, jez uzuk, toʻgʻnogʻich, munchoq va boshqalar taqinchoqlar, ayollarning loydan ishlangan haykalchalari topilgan.