Yashil konvert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Surabaya bozorida yashil konvertlar sotiladi
Indoneziyadagi yashil konvertlar (2016)

Yashil konvert (malaycha: sampul hijau; sampul duit raya) — Xitoydagi qizil konvert odatining malaycha versiyasi. Roʻza hayitida Malayziya, Bruney, Singapur va Indoneziyadagi musulmonlar oʻzlarining uylariga tashrif buyurgan mehmonlarga pul solib tarqatadigan kovert. Yashil rang Islom dinida muqaddas ranglardan biri hisoblanib, paygʻambar Muhammadning eng sevgan rangi aynan yashil hisoblangan. Shuningdek, yashil rang Islomda jannat tushunchasi bilan ham bogʻliq. Roʻza hayiti chogʻida mehmonlarga yashil konvertlarni tarqatish gʻoyasi islomiy zakot tushunchasiga asoslangan boʻlib, bunda har bir musulmon oʻz boyligining kamida 2,5 foizini muhtojlarga berishi shart. Biroq malayliklar bugungi kunga kelib, bunday yashil konvertlarni nafaqat muhtojlarga, balki oʻrta va yuqori sinfga mansub mehmonlarga ham tarqatadilar. Yashil konvertdagi pul uy egasining qurbidan kelib chiqib beriladi[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Card gift guide“. 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun. Tuesday, 18 June 2019