Yayra Sa’dullayeva
Qiyofa
Yayra Sa’dullayeva (1934)
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yayra Sa’dullayeva Ubaydullayevna 1934-yil 18-sentyabrda Toshkentning Sebzor dahasida tavallud topadi. 1953-yil Ulug‘bek nomli o‘rta maktabni kumush medal bilan tugallab, Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan bo‘lajak adiba mehnat faoliyatini gazetalar tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlaydi. Keyinchalik, 1964- yildan «Gulxan» jurnalida, 1971-yildan «G‘uncha» jurnalida bosh muharrirlik lavozimlarida xizmat qiladi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ya.Sa’dullayevaning qissa, hikoya va badiiy lavhalardan tashkil topgan quyidagi kitoblari chop etilgan:
«Hayotning bir varag‘i» (1967), «Ko‘zlari xumor» (1968), «Ona ko‘ngli» (1972), «Kelinchak» (1975), «Ayol qadri» (1976), «Tom boshida tog‘ora» (1975), «Yaltiroq halqacha» (1975), «Qog‘oz qush» (1979), «Baxtli bo‘ling» (1980), «Zolotoye koltso» (1982, rus tilida ), «Oltin baxtim» (1984), «Bekinmachoq» (1987), «Chip-chipjon» (2004), «Katta hovli» (2005), «Ko‘cha to‘la bolalar» (2005).
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Yayra Sa'dullayeva“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.