Kontent qismiga oʻtish

Yazid III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yazid III
arabcha: يزيد بن الوليد

Yazid III nomi tushirilgan dirham
umaviylar xalifaligining 12-xalifasi
Saltanat 744-yil 17-aprel – 744-yil 4-oktyabr
Oʻtmishdoshi Volid ibn Yazid
Davomchisi Ibrohim ibn al-Volid
Tugʻilishi 701-yil
Damashq, Bilod ash-Shom, Umaviylar xalifaligi
Vafoti 744-yil 4-oktyabr (43 yoshda)
Damashq, Umaviylar xalifaligi
Toʻliq nomi
Yazid ibn al-Volid ibn Abdulmalik
Uy Marvoniylar
Sulola Umaviylar
Otasi Al-Volid I
Onasi Shohi Afrid binti Peroz
Dini Islom

Yazid ibn al-Volid ibn Abdulmalik (arabcha: يزيد بن الوليد بن عبد الملك) (701-yil – 744-yil 3/4-oktyabr), asosan, Yazid III nomi bilan tanilgan oʻn ikkinchi Umaviylar xalifasi. 744-yildan vafotiga qadar hukmronlik qilgan.

Tavalludi va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yazid nufuzli Umaviylar sulolasining vakili edi. Otasi al-Validning Yaziddan tashqari bir qancha oʻgʻillari boʻlgan. Al-Yaʼqubiy ulardan oʻn olti nafarining[1], tarixchi at-Tabariy (vafoti: 923) oʻn toʻqqiz nafarining ismlarini keltirib oʻtgan[2]. Yazid III Umaviylarning buyuk xalifasi Abdulmalikning nevarasi edi. Buvisi Vallada binti al-Abbos ibn al-Jaz al-Absiyya boʻlgan.

Yazid xalifa Volid I ga kanizak sifatida yuborilgan fors malikasi, Peroz III ning qizi Shohi Afridning oʻgʻli edi[3].

Tarixchi Tabariy Yazidni baland boʻyli, kelishgan inson deya taʼriflagan.

Al-Volidning taxtdan qulashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amakivachchasi al-Volid II ning hukmronligi davrida Yazid Volidning axloqsiz harakatlariga qarshi chiqqan, oʻsha vaqtda al-Volid Banu Qays arablarini qoʻllab, yamanliklar va arab boʻlmagan musulmonlarni kamsitgan edi. Yazidni esa bu yoʻlda Qadariya va Murjiiya tarafdorlari qoʻllab-quvvatlagan[4]. Yazid Damashq hududiga yashirin yoʻl bilan kirib, davlat toʻntarishi orqali Volidni taxtdan agʻdargan va buning ortidan gʻaznadagi mablagʻlarni tarqatib yuborgan[5].

Yazidning oʻzi tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u Volidni kutib olishi uchun Abdulaziz ibn al-Hajjoj ibn Abdulmalikni al-Baxraga yuborgan[6]. Abdulaziz saltanat kelajagini hal etish maqsadida qabila majlisi (shoʻro) tashkil qilishni taklif qilgan. Volid esa bu taklifni rad etgan va unga qarshi hujum ushutirgan, biroq oʻzi tomonidan uyushtirilgan aynan shu hujum oqibatida halok boʻlgan[7]. Yazid Volidning boshini nayzaga osib, Damashq atrofida aylanib yurgan. Shundan keyin Volidning oʻzi tomonidan merosxoʻr sifatida belgilagan oʻgʻillari Usmon va Hakamni[8] ham qamoqqa tashlagan[9].

Hims shahri Yazidga bay’at qilishdan bosh tortgan, shuningdek, unga nisbatan yana bir qancha qarshi harakatlari ham bor edi[10]. Yana bir amakivachchasi, Armaniston hokimi Marvon ibn Muhammad ibn Marvon Volidni qoʻllab-quvvatlagan, Volidning vafotidan keyin esa qasos olish maqsadida Iroqqa kirib borgan[11]. Oxir-oqibat, Yazidning atrofida yigʻilgan.

Yazid Yusuf ibn Umarning oʻrniga Mansur ibn Jumhurni Iroq hokimi etib tayinlagan. Keyinchalik, Yusuf ibn Umar qamoqqa tashlangan va Xolid ibn Abdulloh al-Qasriyning oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan. Mansur ibn Jumhur Xuroson hokimi Nasr ibn Sayyorni ishdan boʻshatmoqchi boʻlgan, biroq Nasr buni qabul qilmagan. Juday al-Kirmoniyning qarshiliklariga duch kelgan Nasr ibn Sayyor 13 yildan beri Turkash xoqonligida yashab kelayotgan Horis ibn Surayjni ortga qaytishga taklif qildi. Al-Horis xoqon tomonidan berilgan qurol-aslahani kiyibgan holda qaytib keldi va Xurosonda koʻplab kishilarning uni qoʻllab-quvvatloviga erishgan.

Yazid Umaviylar xalifaligini 744-yil apreldan 744-yil 4-oktyabrgacha boshqargan. Ukasi Ibrohim ibn al-Volidni oʻzidan keyin xalifalik taxti uchun voris qilgan. Yazid miya shishi[12] bilan kasallanib, 744-yilning 3 yoki 4-oktyabr sanasida vafot etgan. Oʻlimidan keyin ukasi Ibrohim hokimiyatga oʻtirgan.

  1. Biesterfeldt & Günther 2018.
  2. Hinds 1990.
  3. Philip Khuri Hitti, History Of Syria (Gorgias Press LLC, 2004), 489
  4. von Ess, „Kadar“, Encyclopedia of Islam 2nd Ed.
  5. Theophilus. Quoted Robert Hoyland, Seeing Islam as Others Saw It (Darwin Press, 1998), 660
  6. 1234 Chronicle apud Hoyland confirms this, 660; it was a fortress near Palmyra. 1234 and Muslim sources dispute over whether Walid was there all along or whether he had fled there.
  7. Patricia Crone, God’s Caliph (Cambridge University Press, 1986), 127
  8. Theophilus and Muslim sources apud Hoyland, 660-1
  9. God’s Caliph 124-5
  10. 1234 Chronicle apud Hoyland, 661
  11. Theophilus apud Hoyland, 661
  12. Dionysius of Telmahre apud Hoyland, 661 n 193
  • al-Tabari, Muhammad ibn Jarir. The Waning of the Umayyad Caliphate, History. Albany: SUNY, 1989. 
  • Biesterfeldt, Hinrich; Günther, Sebastian. The Works of Ibn Wāḍiḥ al-Yaʿqūbī (Volume 3): An English Translation. Leiden: Brill, 2018. ISBN 978-90-04-35621-4. 
  • Glubb, John. The Empire of the Arabs. London: Hodder and Stoughton, 1963. 
  • [[[:Andoza:Google Books]] The History of al-Ṭabarī, Volume XXIII: The Zenith of the Marwānid House: The Last Years of ʿAbd al-Malik and the Caliphate of al-Walīd, A.D. 700–715/A.H. 81–95], SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1990. ISBN 978-0-88706-721-1. 
Yazid III
Tavalludi: 701 Vafoti: 744-yil 3 yoki4-oktyabr
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Islom xalifasi
Umaviy xalifa

744-yil 15-apreldan 3 yoki 4-oktyabrgacha
Keyingisi