Kontent qismiga oʻtish

Yazid ibn Horun ibn Zoziy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yazid ibn Horun ibn Zoziy — muhaddis

Yazid ibn Horun ibn Zoziy 736-yilda tugʻilgan. U muhaddis, hofiz shuningdek, "shayxul-islom" unvoniga sazovor bo‘lgan. Yazid ibn Horun muhaddis boʻlishi bilan birga chuqur bilimli faqih ham boʻlgan. Oʻz davrida muʼtaziliy oqimi vakillari tomonidan ilgari surilgan gʻoyalarga qarshi kurashib, ularga qarshi asosli raddiyalar bergan. Ayrim yozma manbalarda Yazid ibn Horunning koʻzi ojiz boʻlgani, shu holatda hadislarni jamlagani taʼkidlanadi.

Yahyo ibn Yahyo muhaddis haqida: „Yazid ibn Horunning hofizligi Vakiʼdan yuksak“, — desa, Imom Ahmad: „Yazid ibn Horun eng ishonchli hofiz boʻlgan“, — deydi. Ibn Madaniy shunday deb eʼtirof etgan: „Yazid ibn Horundan boshqa hadisni koʻp yodlagan kishini koʻrmadim[1].

Yazid ibn Horun ibn Zoziy 821-yili Qohira shahrida vafot etgan[2].

  1. Shamsiddin Zahabiy. Tazkiratu-l-huffoz. J. 1. — B. 340.
  2. Shamsiddin Zahabiy. Tazkiratu-l-huffoz. J. 1. — B. 340.