Yegor Chinakhov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yegor Chinakhov
Chinakhov, 2021-yilda
Tugʻilgan joyi 1-fevral 2001-yil (2001-02-01) (23 yosh)
Omsk, Rossiya
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 179 lb (81 kg; 12 st 11 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL
Sobiq jamoalar
Columbus Blue Jackets
Avangard Omsk
Cleveland Monsters
NHLga kirish drafti 21-oʻrindagi tanlov, 2020
Columbus Blue Jackets
Jamoalardagi faoliyat 2020—hozirgacha

Yegor Vitalievich Chinakhov (talaffuzi: Yegor Vitalyevich Chinaxov) (ruscha: Егор Витальевич Чинахов) (2001-yil 1-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Yegor  Chinakhov hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasi bilan oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yegor  Chinakhov yoshligida oʻz shahrining „Avangard Omsk“ klubi tarkibida Kontinental xokkey ligasi (KHL) oʻyinlarida ishtirok etdi.

Yegor  Chinakhov 2020-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. Lekin Yegor  Chinakhov keyingi 2020— 2021-yilgi KHL mavsumida „Avangard Omsk“ xokkey klubi bilan professional faoliyatini davom ettirdi. Yegor  Chinakhov 2020-yil sentyabr oyida oyning eng yaxshi yangi xokkeychisi deb topildi[1]. Yegor  Chinakhov mavsumning 32 ta oʻyinida maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan 17 ochko jamgʻardi.

Yegor  Chinakhov 2021-yilning 2-mayida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma asosida qoʻshildi[2].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yegor  Chinakhov 2018-yilgi Hlinka Gretzky kubogida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi tarkibida Rossiya sharafini himoya qildi. Yegor  Chinakhov terma jamoa safida besh oʻyinda bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yakunda Rossiya terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yegor  Chinakhov 2019-yilgi IIHF U18 jahon chempionatida Rossiya milliy xokkey terma jamoasi safida yettita oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yegor  Chinakhov sobiq xokkeychi Vitali Chinakhovning oʻgʻli hisoblanadi[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2017— 2018 Omskie Yastreby MHL 4 1 4 5 2
2018— 2019 Omskie Yastreby MHL 37 8 8 16 4
2019— 2020 Ijstal Izhevsk VHL 2 2 1 3 0
2019— 2020 Omskie Yastreby MHL 56 27 42 69 16
2020— 2021 Avangard Omsk KHL 32 10 7 17 6 21 5 2 7 24
2021— 2022 Cleveland Monsters AHL 1 1 0 1 0
2021— 2022 Columbus Blue Jackets NHL 62 7 7 14 16
KHL jami 32 10 7 17 6 21 5 2 7 24
NHL jami 62 7 7 14 16

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2018 Rossiya HG18 3rd 5 1 2 3 0
2019 Rossiya U18 2nd 7 2 1 3 4
2021 Rossiya WJC 4 5 1 0 1 0
Jami 17 4 3 7 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Seren Rosso, Alessandro. „Players of the Month: Garipov, Genoway, Makeyev, and Chinakhov“. KHL.ru. Kontinental Hockey League (2020-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  2. „CBJ sign 2020 first-round pick Yegor Chinakhov“. Columbus Blue Jackets (2021-yil 2-may). Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  3. „Yegor Chinakhov Draft Prospect“. NHL.com. National Hockey League. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  4. „Vitali Chinakhov at eliteprospects.com“ (en). eliteprospects.com. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.