Kontent qismiga oʻtish

Yelena Valbe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yelena Valeryevna Valbe (ruscha: Елена Валерьевна Вяльбе ; 1968-yil 20-aprelda tugʻilgan) rossiyalik sobiq changʻi sport turi ustasi edi. U changʻi sport turi boʻyicha Jahon chempionati doirasida rekord darajadagi 14ta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2010-yildan beri Rossiya Changʻi sporti Assotsiatsiyasining Rossiyadagi prezidenti, 2012-yildan esa Rossiya Milliy jamoasi menejeri lavozimida ishlab kelgan. 2020–2021- yillarda Valbe haqidagi ''Oq qor'' biografik sport dramasi omma eʼtiboriga taqdim etilgan.

U 2021-yilda Xalqaro changʻi sporti Federatsiyasi Kengashi uchun saylangan, ammo u 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng, bir nechta Yevropa Changʻi sporti Federatsiyalari uning 2022-yilgi saylovda ishtirok etishiga qarshilik bildirishdi. Finlyandiya, Shvetsiya, Polsha kabi davlat vakillari Valbening nomzodiga qarshi chiqishdi. Natijada, eng kam ovoz toʻplagani sababli, u lavozimidan chetlashtirildi. [1]

Keyingi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valbe 2010-yilda Rossiya davlati mamlkatlararo Shangʻi sporti Uyushmasining prezidenti qilib saylanadi. 2010-yil 29-iyun maqolasi 2010-yilning 30-iyunida kiritilgan. 2012-yilning oxirlarida, Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Rossiya mamlakatlararo jamoasining menejeri lavozimini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi. Shuningdek, 2006-yil Turin shahrida tashkillashtirilgan Qishki Olimpiya oʻyinlari paytida, Rossiya terma jamoasining menejeri sifatida oʻz faoliyatini olib borgan edi.[2]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oldin estoniyalik chanigʻi uchuvchisi Urmas Valbega turmushga chiqqan. Ularning Frans ismli farzandi boʻlgan. Keyinchalik Maksim Dovolnovga turmushga chiqadi va Polina va Varvarani dunyoga keltiradi. Hozirda u Moskva viloyatida yashaydi. [3]