Kontent qismiga oʻtish

Yelizaveta Mukasey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelizaveta Mukasey
Tavalludi 16 (29) mart 1912
Vafoti 19-sentyabr 2009[1]
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi Sovet razvedkasi xodimi, noqonuniy muhojir
Turmush oʻrtogʻi Mixail Isaakovich Mukasey
Bolalari Anatoliy Mixaylovich Mukasey

Yelizaveta Ivanovna Mukasey (qizlik familiyasi: Yemelyanova; ruscha: Елизаве́та Ива́новна Мукасе́й; 29-mart 1912-yil, Ufa — 19-sentyabr 2009-yil, Moskva) — Sovet razvedkasi xodimi, noqonuniy muhojir. Shuningdek, faxriy davlat xavfsizligi xodimi, podpolkovnik. Sovet noqonuniy razvedkachisi Mixail Isaakovich Mukaseyning rafiqasi.

Yelizaveta Ivanovna Mukasey 1912-yil 29-martda Ufa shahrida tugʻilgan. Uning qizlik ismi — Yemelyanova boʻlgan.

1917-yil oxirida u oilasi bilan Toshkentga, ochlikdan qutulish uchun koʻchib oʻtishadi. Yelizaveta 1929-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Leningrad universitetining biologiya fakultetiga oʻqishga hujjat topshiradi. Universitetni tugatgandan soʻng, Yelizaveta Ivanovna avval zavodda, keyin esa ishchi yoshlar maktabida direktor boʻlib ishlaydi (1938—1939-yillar oraligʻida).

1939-yildan 1943-yilgacha Yelizaveta Ivanovna eri, noqonuniy razvedkachi Mixail Isaakovich Mukasey bilan Los-Anjeles shahrida AQShga xizmat safarini amalga oshirgan.

1943-yildan 1949-yilgacha u Moskva teatri badiiy kengashining kotibi boʻlib ishlagan.

„Elsa“ taxallusi ostida maxsus tayyorgarlikdan[2] oʻtgandan soʻng, 1955—1977-yillarda eri bilan xorijda faoliyat olib borgan. Keyinchalik, erini markaz bilan ikki tomonlama aloqa qilishini taʼminlagan.

Xorijdagi faoliyati davomida u turmush oʻrtogʻi bilan Yevropa davlatlariga razvedka maʼlumotlarini olish maqsadida sayohat qilgan va bu faoliyat Markaz aʼzolari tomonidan yuqori baholangan.

1977-yilda SSSRga qaytgach, Yelizaveta Ivanovna yosh razvedka xodimlarini tayyorlagan. U razvedka maktablari uchun yozilgan koʻplab darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar muallifidir.

U turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda chet elda oʻtgan 30 yillik ish faoliyati va hayoti haqidagi xotiralarni „Zefir va Elza“ (ruscha: Зефир и Эльза) kitobida yozgan.

Yelizaveta Ivanovnaning oʻgʻli — Anatoliy Mixaylovich Mukasey, sovet va rus kinematografi boʻlib, uning ayoli aktrisa va rejissyor Svetlana Sergeevna Drujininadir. Yelizavetaning nabirasi Mixail Anatolyevich Mukasey operator boʻlib ishlaydi.

U 2009-yil 19-sentyabrda Moskvada vafot etgan.

Yelizaveta Mukasey Xovanskoye qabristonida (shimoliy hudud, 200-sonli uchastka) dafn etilgan[3].

Yelizaveta Ivanovna Mukasey faxriy davlat xavfsizligi xodimi boʻlgan. Xizmatlari va erishgan yutuqlari uchun u koʻplab medallar, shu jumladan „Jangovor xizmatlari uchun“ medali bilan ham taqdirlangan. U Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Yuriy Andropov mukofotiga laureat boʻlgan.

  1. (unspecified title)
  2. Izuchenie nemeskogo i polskix yazikov, izucheniya radiodela, otrabotka raboti na ratsii na slux azbukoy Morze i pr.
  3. „Могила М. И. Мукасея“. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-may.
  • Мукасей М. И., Мукасей Е. И.. Зефир и Эльза. Разведчики-нелегалы, Великая Россия. Имена. Закон и порядок, 2004. ISBN 5-98465-005-3.