Yeltsin Tejeda
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yeltsin Ignacio Tejeda Valverde[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-mart 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Limón, Kosta Rika | ||
Boʻyi | 1.79 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Herediano | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Saprissa | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2014 | Saprissa | 110 | (5) |
2014—2016 | Evian | 53 | (1) |
2016—2018 | Lausanne-Sport | 28 | (1) |
2019— | Herediano | 84 | (5) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008—2009 | Kosta Rika 17 yoshgacha | 9 | (0) |
2010—2011 | Kosta Rika 20 yoshgacha | 13 | (0) |
2011— | Kosta Rika | 76 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 25-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 1-dekabr uchun) |
Yeltsin Ignacio Tejeda Valverde (talaffuzi: Yeltsin Ignasio Texeda Valverde; 1992-yil 17-martda tugʻilgan) — kosta-rikalik professional futbolchi. U Liga FPD klubi Heredianoda va Kosta-Rika terma jamoasida oʻynaydi.
Tejedaning ismi Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yeltsin sharafiga qoʻyilgan[2].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saprissa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tejeda faoliyatini Saprissa jamoasi safida 2011-yilda San Carlosga qarshi oʻyinda uning darvozasiga bitta gol urish bilan boshlagan. 2014-yilgi Verano mavsumida Tejeda jamoa sardori etib tayinlandi.
Evian
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosta-Rikaning 2014-yilgi Jahon chempionatidagi oʻyinlaridan soʻng, Tejeda Swansea City bilan shartnoma imzolash uchun Buyuk Britaniyaga yoʻl oldi, ammo klub muzokaralarni toʻxtatdi va Tejeda uning oʻrniga Fransiyaga yoʻl oldi[3]. 2014-yilning 22-avgustida oʻsha paytdagi Liga 1 klubi Evian Tejeda bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[4]. Tejeda klubdagi ilk golini 2014-yilning 19-sentyabrida Bordeauxga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi[5]. Qishki transfer oynasida Tejedaga vatandoshi va Saprissadagi sobiq jamoadoshi David Ramirez qoʻshildi[6]. Jamoa mavsum yakunida Liga 2 ga tushib ketdi[7].
Lausanne-Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning iyul oyida Tejeda uch yillik shartnoma asosida Shveysariyaning Lausanne-Sport klubiga qoʻshildi[8].
Herediano
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning yanvarida Tejeda Kosta-Rikaga qaytib, Herediano bilan shartnoma imzoladi[9]. U 2021-yilning oktyabr oyida klub bilan tuzgan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tejeda 2009-yilgi CONCACAF 17 yoshgacha boʻlganlar chempionatida qatnashadigan Kosta-Rika terma jamoasi tarkibiga tanlangan va u 2011-yilgi CONCACAF 20 yoshgacha boʻlganlar chempionatida ham ishtirok etgan. Tejeda mamlakati terma jamoasi safida 2009-yilgi FIFA 17 yoshgacha boʻlganlar Jahon chempionati va 2011-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar Jahon chempionatlarida oʻynagan[1].
U 2011-yil 11-dekabr kuni Gavanada Kubaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Kosta-Rika terma jamoasi safida rasman debyut qilgan va 2014-yil noyabr holatiga ko‘ra jami 30 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan. Tejeda Kosta-Rikaning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli saralash oʻyinlarida va final turnirida muhim rol oʻynadi. Shuningdek, u 2013-yilgi Amerika kubogi va 2013-yilgi CONCACAF Oltin kubogida ham ishtirok etgan.
2018-yilning may oyida Tejeda Kosta-Rikaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi[11].
2022-yil noyabr oyida Tejeda Kosta-Rikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 26 kishilik tarkibiga kiritildi[12]. 1-dekabr kuni u terma jamoasi safidagi ilk golini Kosta-Rikaning guruh bosqichidagi so‘nggi, Germaniyaga qarshi mag‘lubiyat bilan kechgan o‘yinida (4:2) kiritdi[13].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra[14]:
Kosta-Rika | ||
---|---|---|
Yil | Ishtirok | Gollar |
2011-yil | 2 | 0 |
2012-yil | 6 | 0 |
2013-yil | 10 | 0 |
2014-yil | 12 | 0 |
2015-yil | 4 | 0 |
2016-yil | 5 | 0 |
2017-yil | 7 | 0 |
2018-yil | 6 | 0 |
2019-yil | 0 | 0 |
2020-yil | 3 | 0 |
2021-yil | 10 | 0 |
2022-yil | 11 | 1 |
Jami | 76 | 1 |
- 2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra.
- Kosta Rika hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Tejedaning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
No. | Sana | Joy | Ishtirok davomiyligi | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Man. |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2022-yil 1-dekabr | Al Bayt stadioni, Al-Xor, Qatar | 76 | Germaniya | 1-1 | 2-4 | 2022 FIFA Jahon chempionati | [15] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ Nesyn. „На чемпионат мира по футболу в Бразилию поедет Ельцин“ (ru). KP.RU. Komsomolskaya Pravda (2014-yil 1-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.
- ↑ Monge, Alejandro. „Yeltsin Tejeda relata su fichaje fallido con club de la Premier League“ (es). ESPN.com.mx (2021-yil 6-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ „Tejeda sengage pour 4 ans“. Evian Thonon Gaillard. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
- ↑ „Bordeaux beat Evian to climb top of Ligue 1“. ESPN.com (2014-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 20-sentyabr.
- ↑ Vargas, Dinia. „Ramírez jugará en el Evian“ (es). La República (2015-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ Masís, Fiorella. „Evian de Yeltsin Tejeda y David Ramírez firmó su descenso en Francia“ (es). La Nación (2015-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ „YELTSIN TEJEDA S’ENGAGE AVEC LAUSANNE POUR 3 SAISONS“ (2022-yil 16-iyul).
- ↑ „Yeltsin Tejeda jugará para Herediano“ (2019-yil 24-yanvar).
- ↑ Jimenez. „Yeltsin Tejeda renovó con Herediano hasta 2023.“ (2021-yil 8-oktyabr).
- ↑ „Costa Rica national team World Cup squad: Oscar Ramirez names 23-man roster featuring Keylor Navas, six MLS players“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ „Suarez names Costa Rica squad for Qatar 2022“.
- ↑ „Germany beat Costa Rica but crash out of World Cup“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- ↑ „Yeltsin Tejeda“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ „Costa Rica 2–4 Germany: Four-time champions out of World Cup despite victory over Costa Rica“. BBC Sport (2022-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
- 17-martda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- Copa América Centenario oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- Fransiyadagi muhojir futbolchilar
- Kosta-Rikalik erkak futbolchilari
- Futbol yarim himoyachilari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar