Yesen Topoyev
Yesen Topoyev | |
---|---|
Tavalludi |
28-fevral 1952-yil Botken Qirgʻiziston SSR |
Fuqaroligi | SSSR Qirgʻiziston |
Xizmatdagi yillari |
SSSR 1969-1992 Rossiya 1992-1995 Qirgʻiziston 1995-2005 |
Unvoni | Qirgʻiziston armiya generali |
Lavozimi | Qirgʻiziston mudofaa vaziri |
Jang/urush | Botken voqealari |
Mukofotlari | |
Isteʼfoda | 2005-yil |
Yesen Tolenovich Topoyev (qirgʻizcha: Эсен Толенович Топоев) - qirgʻiz generali va Qirgʻiziston sobiq mudofaa vaziri[1][2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet Armiyasidagi xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yil 28-fevralda Qizilqiya shahrida tugʻilgan. 1969-yilda Sovet Armiyasi safiga borgan. Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil olib, uni 1973-yilda tugatadi. Yesen Topoyev keyin zudlik bilan Vengriya Xalq Respublikasiga yuboriladi. U yerda janubiy kuchlar guruhida motorli miltiq otryadiga qoʻmondonlik qilgan. Uch yildan soʻng, Rossiya janubidagi Shimoliy Kavkaz harbiy okrugida polk komandiri sifatida xizmatga chaqiriladi. 1985-yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyani (hozirgi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining umumiy harbiy akademiyasi) tamomlagan. Shundan beri Sovet Ittifoqi tarqagunga qadar Rossiyaning sharqiy qismidagi turli boʻlinmalarda, shu jumladan Blagoveshchenskdagi miltiq boʻlinmasida xizmat qilgan.
Rossiyadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarning boshi va oʻrtalarida Yesen Topoyev Rossiya Qurolli Kuchlarida ofitser boʻlib, shu vaqt ichida ham oʻqishni davom ettirgan. 1992—1993-yillarda Uzoq Sharq harbiy okrugidagi 8-motorli otishmalar diviziyasi komandir oʻrinbosari boʻlgan. Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan.
Qirgʻizistonga qaytishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yilda qaytib kelib, darhol Qirgʻiziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi boʻladi. Bu lavozimda 1999-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. U ishdan boʻshatilgan yil, qisqa muddatga Davlat xavfsizlik xizmati rahbari va bir vaqtning oʻzida Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlaydi. Botken mojarosi boshlanganidan koʻp oʻtmay, urush zonasiga yuboriladi. 1999-yil 29-avgustda general Mirzakan Subanov oʻrniga oʻsha paytda general-mayor Topoyev Mudofaa vaziri etib tayinlangan[3]. Uning tayinlanishi natijasida operatsiyaning keyingi bosqichlarida barcha harbiy harakatlarga rahbarlik qilgan[4].
Yesen Topoyev 2003-yil oktyabr oyida Rossiya Qurolli Kuchlarining Kant aviabazasi ochilishida raislik qiladi[5]. Tashrif buyurgan Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuvda AQShning terrorga qarshi urushdagi rolini kinoya qilib tanqid qiladi: „Amerikadagi prezidentingizga ayting, u kimga qurol berayotganiga eʼtiborli boʻlsin, Afgʻoniston va Pokiston Sovetlarga qarshi kurashadi[6]“,-degan edi. Prezident Asqar Akayevning eng yaqin amaldorlaridan biriga aylangan Topoyev harbiy unvonlarda tez koʻtarilib, general-leytenant unvoniga tayinlanadi. 2002-yilda general-polkovnik, 2004-yil avgustida esa armiya generali (Bunday harbiy unvonga ega boʻlgan shaxs Qirgʻizistonda yagona). 2005-yilgi lola inqilobi paytida Qirgʻiziston Bosh vaziri Qurmanbek Bakiyevga isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida ariza berib, mamlakatni tark etgan. OAV maʼlumotlariga koʻra, Topoyev hozirda Moskvada „Rosoboroneksport“ bosh direktorining maslahatchisi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ТОПОЕВ Эсен Толенович | TsentrAziya“. www.centrasia.ru. 2017-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-sentyabr.
- ↑ „топоев эсен - биография, фотографии, новости“. www.24news.ru. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Kyrgyz Troops Kill 10 Gunmen in Hostage Crisis“ (25 August 1999). Associated Press, Los Angeles Times. Retrieved 1 January 2012.
- ↑ „топоев эсен - биография, фотографии, новости“. www.24news.ru. 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-oktyabr.
- ↑ Singh, Mahavir. Asia Annual, 2003, 2003. ISBN 9788175411661.
- ↑ Child, Greg. Over the Edge: The True Story of the Kidnap and Escape of Four Climbers in Central Asia, 4 February 2015. ISBN 9781594859601.
- ↑ „Life after power: How former officials settled down abroad“ (2016-yil 14-oktyabr).