Yesenin haykali Sankt-Peterburg
S. A. Yesenin yodgorligi — Sankt-Peterburgdagi Tavr bogʻida shoir Yeseninga oʻrnatilgan yodgorlik.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yili shoir Sergey Yesenin tavalludining 100-yilligi nishonlandi. Ushbu sana arafasida Sergey Yesenin nomidagi xayriya jamgʻarmasi shoir hayotining soʻnggi kunlarini oʻtkazgan Sankt-Peterburgda unga haykal oʻrnatishga qaror qildi. Xuddi shu jamgʻarma yodgorlikni loyihalashtirish, yasash va oʻrnatish ishlarini moliyalashtirdi.
Yodgorlikni oʻrnatish uchun Tavr bogʻi tanlandi. Yodgorlik muallifi haykaltarosh A. S. Charkin[1]. U 1994-yilning may oyidan boshlab ustaxonasida yodgorlikni yasash ustida ishladi. U yodgorlik uchun sakkiz xil eskizni ishlab chiqdi. Ular orasida shoir Yeseninning parkda sayr qilayotgani, koʻl boʻyidagi oʻt ustida yotgan holda va oʻrindiqda oʻtirgan holatini aks ettirgan namunalari mavjud edi. Natijada, Yesenin oʻtirgan holdagi namunasi tasdiqlandi.
Yodgorlik „Skulptura“ haykaltaroshlik kombinatida Kareliya oq marmaridan yasalgan. Uning balandligi 2,5 m. Yodgorlik tagkursisining quyi qismiga oddiygina „Sergey Yesenin“ yozuvi oʻyib yozilgan. Tagkursi kulrang granitdan yasalgan, uning balandligi 0,5 m.
Yodgorlik 1995-yil 3-oktabrda ochilgan. Oradan 15-yil oʻtgach, vandallik harakatlari tufayli qayta tiklangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Пять памятников Петербурга, автором которых стал Альберт Чаркин“. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Памятник Есенину С. А.“ (ru). Энциклопедия Санкт-Петербурга. 2016-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
- „Памятник Сергею Есенину в Таврическом саду“ (ru). S-pb.in Дыхание Питера. 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |