Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Yefimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yevgeniy Yefimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yevgeniy Sergeyevich Yefimov
Tavallud sanasi 20-avgust 1976-yil (1976-08-20) (48 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993 Oʻzbekiston Chirchiq 7 (1)
1994 Oʻzbekiston Politodel 1 (0)
1996 Rossiya Salyut Belgorod Rossiya 14 (3)
1997—1999 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 72 (16)
2000 Rossiya Krosnaznamensk Rossiya 14 (3)
2002 Rossiya Sverstal Rossiya 9 (0)
2003—2004 Rossiya Kolomna Rossiya
2004 Rossiya Spartak (Yokshar-Ola) Rossiya
2013—2018 Rossiya Medveji Ozera Rossiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yevgeniy Sergeyevich Yefimov (ruscha: Ефимов, Евгений Сергеевич; 1976-yil 20-avgust Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik va rossiyalik futbolchi, hujumchi va yarim himoyachi pozistsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshida oʻzbek klublarida toʻp surgan. Yevgeniy besh mavsumni Oʻzbekiston oliy ligasida, „Chirchiq“, „Politotdel“, „Soʻgʻdiyona“ jamoalarida oʻtkazib, 80 ta oʻyinda 16 ta gol urgan.

1996-yilda Yevgeniy birinchi marta Rossiyaning „Salyut-YUKOS“ (Belgorod) klubida, Rossiya uchinchi ligadan oʻynagan. 2000-yilda Soʻgʻdiyona jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach Rossiya koʻchib oʻtgan. Uch mavsum davomida professional darajada, Rossiya ikkinchi ligasida „Krasnoznamensk“, „Spartak“ (Schelkovo) va „Severstal“ (Cherepovets) klublarida oʻynagan.

Yevgeniy 26 yoshidan boshlab faqat havaskorlar darajasida oʻynagan, faoliyatining soʻnggi yillarida Moskva viloyatining Medveji Ozera jamoasi tarkibida oʻynagan. Yevgeniy keyinchalik shu jamoada bolalar murabbiyi sifatida ham ishlagan[1].