Yevhen Seleznyov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yevhen Oleksandrovych Seleznyov | ||
Tavallud sanasi | 20-iyul 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Makiivka, Sovet Ittfoqi (hozir Ukraina) | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Mynai | ||
Raqami | 11 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2009 | Shakhtar Donetsk | 26 | (7) |
2002—2004 | → Shakhtar-3 Donetsk | 41 | (9) |
2002—2006 | → Shakhtar-2 Donetsk | 53 | (19) |
2006—2008 | → Arsenal Kyiv (ijara) | 36 | (19) |
2009—2011 | Dnipro Dnipropetrovsk | 51 | (30) |
2011—2012 | Shakhtar Donetsk | 26 | (16) |
2012—2016 | Dnipro Dnipropetrovsk | 88 | (38) |
2016 | Kuban Krasnodar | 9 | (3) |
2016 | Shakhtar Donetsk | 3 | (1) |
2017 | Karabükspor | 29 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
2005 | Ukraina U21 | 1 | (0) |
2008—2018 | Ukraina | 58 | (11) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yevhen Oleksandrovych Seleznyov (talaffuzi: Yevgeniy Seleznyev; 1985-yil 20-iyulda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Mynai jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Avvalroq Donetskning „Shakhtyar“ klubida uchta oʻyin oʻtkazgan, klub bilan 2009-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. Uch yildan soʻng esa ichki dublga erishgan.
2008-yildan beri terma jamoa oʻyinchisi boʻlgan Seleznyov Ukraina terma jamoasi safida 50 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakhtar Donetsk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina SSRning Makeyevka shahrida tugʻilgan Yevhen Seleznyov Donetskning „Shakhtyar“ va FC Shakhtar Makiivka akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2002-yilda professional darajadagi futbol oʻynashni boshlaganidan soʻng, asosiy jamoada oʻz oʻrnini egallashda qiyinchilikka duch keldi. Klubning ikkinchi va uchinchi jamoalarida quyi ligada, shuningdek, klubning oʻrinbosar jamoasida oʻynadi. Seleznyov 2007-yilning qishida Kiyevning „Arsenal“ klubiga bir yarim yillik ijara shartnomasini asosida oʻtdi. 2007—2008-yilgi mavsumda Ukraina Premyer-ligasida 24 oʻyinda 17 ta goli bilan yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlgan. Donetskka qaytganidan koʻp oʻtmay Ukraina terma jamoasiga chaqirildi.
Dnipro Dnipropetrovsk
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilning 25-iyulida Seleznyov Dnipro Dniproopetrovsk bilan 4,5 million yevrolik shartnoma imzoladi. Oʻsha kuni „Dnipro“dagi birinchi golini FC Metalist Kharkiv jamoasiga qarshi debyutida kiritdi. Ukraina Premyer-ligasining 2010—2011-yilgi mavsumida 24 oʻyinda 17 ta gol urgan toʻpurar boʻlgan.
Shakhtar Donetskga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 22-iyunida „Dnipro“ Seleznyovzining avvalgi jamoasi Shakhtar ga qayta sotib yubordi. Transfer narxi oshkor etilmagan, ammo 5 million yevro atrofida baholangan[1][2].
2011—2012-yilgi mavsum oxirida Seleznyov „Shakhtar“ning eng yaxshi toʻpurari va Maicon bilan birgalikda 14 gol bilan liga toʻpurari boʻldi. Seleznyov Chempionlar Ligasi doirasida Nicosianing APOEL klubiga qarshi o‘yinda (2:0, gʻalaba) maydonga tushdi[3].
Dnipro Dniproopetrovskga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 29-avgustda Seleznyov nomaʼlum toʻlov evaziga Dniproga qaytib ketdi.
Kuban Krasnodar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 25-fevralda Rossiyaning Kuban Krasnodar jamoasi bilan shartnoma imzoladi[4]. Seleznyov „Dnipro“dan „Kuban“ga tekinga oʻtdi[5]. „Kuban“ bilan shartnoma imzolashdan oldin Seleznyov Angliya premyer-ligasining baʼzi klublari takliflarini rad etgandi[6].
2016-yil 11-may kuni Yevhen Seleznyov Football 1 telekanaliga bergan intervyusida Kuban bilan shartnomani bekor qilganini tasdiqladi[7]. Oʻsha mavsumdan soʻng Kuban Rossiya birinchi ligasiga tushib ketdi.
Shakhtar Donetskga yana qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 14-mayda Donetskning Shakhtar klubi Seleznyov bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi[8]. 2016-yilning dekabrida Seleznyov oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etdi[9].
Kardemir Karabükspor
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Shakhtar“dan ketganidan bir hafta oʻtmay Seleznyov Turkiya Superligasiga Kardemir Karabükspor klubi bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi.
Akhisarspor
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 10-mayida Seleznyov Akhisarspor Belediyespor jamoasi bilan ilk professional sovrini — 2017—2018-yilgi Turkiya kubogini qo‘lga kiritdi[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 24-may kuni Ukraina milliy terma jamoasi safida Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ilk bor maydonga tushdi. 19-noyabr kuni Dniproopetrovskda Norvegiyaga qarshi o‘yinda birinchi golini kiritdi va bu o‘yindagi yagona gol boʻlib qoldi
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 14-iyun, 2019-yil holatiga koʻra[11]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Arsenal Kyiv | 2006—2007 | Vyshcha Liha | 12 | 2 | 0 | 0 | - | - | 12 | 2 | ||
2007—2008 | Vyshcha Liha | 24 | 17 | 0 | 0 | - | - | 24 | 17 | |||
Jami | 36 | 19 | 0 | 0 | - | - | 36 | 19 | ||||
Shakhtar Donetsk | 2008—2009 | Ukraina Premyer-ligasi | 26 | 7 | 2 | 2 | 2 | 2 | 1 | 0 | 31 | 11 |
Dnipro Dnipropetrovsk | 2009—2010 | Ukraina Premyer-ligasi | 27 | 13 | 3 | 3 | - | - | 30 | 16 | ||
2010—2011 | Ukraina Premyer-ligasi | 24 | 17 | 3 | 1 | 2 | 1 | - | 29 | 19 | ||
Jami | 51 | 30 | 6 | 4 | 2 | 1 | - | 59 | 35 | |||
Shakhtar Donetsk | 2011—2012 | Ukraina Premyer-ligasi | 23 | 14 | 2 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 29 | 15 |
2012—2013 | Ukraina Premyer-ligasi | 3 | 2 | 0 | 0 | - | - | 3 | 2 | |||
Jami | 26 | 16 | 2 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 32 | 17 | ||
Dnipro Dnipropetrovsk | 2012—2013 | Ukraina Premyer-ligasi | 22 | 7 | 4 | 0 | 6 | 3 | - | 32 | 10 | |
2013—2014 | Ukraina Premyer-ligasi | 29 | 13 | 1 | 1 | 7 | 2 | - | 37 | 16 | ||
2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 21 | 8 | 5 | 3 | 13 | 2 | - | 39 | 13 | ||
2015—2016 | Ukraina Premyer-ligasi | 16 | 10 | 2 | 1 | 5 | 2 | - | 23 | 13 | ||
Jami | 88 | 38 | 12 | 5 | 31 | 9 | - | 131 | 52 | |||
Kuban Krasnodar | 2015—2016 | Rossiya Premyer-ligasi | 9 | 3 | 1 | 0 | - | - | 10 | 3 | ||
Shakhtar Donetsk | 2016—2017 | Ukraina Premyer-ligasi | 3 | 1 | 1 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 7 | 2 |
Karabükspor | 2016—2017 | Süper Lig | 16 | 6 | 0 | 0 | - | - | 16 | 6 | ||
2017—2018 | Süper Lig | 13 | 1 | 2 | 1 | - | - | 15 | 2 | |||
Jami | 29 | 7 | 2 | 1 | - | - | 31 | 8 | ||||
Akhisar Belediyespor | 2017—2018 | Süper Lig | 17 | 6 | 5 | 4 | - | - | 22 | 10 | ||
2018—2019 | Süper Lig | 7 | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 11 | 4 | |
Jami | 24 | 9 | 5 | 4 | 3 | 0 | 1 | 1 | 33 | 14 | ||
Málaga | 2018—2019 | Segunda Diviziyasi | 12 | 0 | 0 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||
Jami faoliyati | 304 | 130 | 31 | 16 | 43 | 14 | 4 | 1 | 377 | 161 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 14-iyun, 2019-yil holatiga koʻra[12]
Ukraina | ||
Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|
2008-yil | 5 | 1 |
2009-yil | 8 | 3 |
2010-yil | 7 | 1 |
2011-yil | 7 | 0 |
2012-yil | 6 | 0 |
2013-yil | 9 | 4 |
2014-yil | 0 | 0 |
2015-yil | 6 | 2 |
2016-yil | 4 | 0 |
2017-yil | 3 | 0 |
2018-yil | 3 | 0 |
2019-yil | 0 | 0 |
Jami | 58 | 11 |
- Ballar va natijalar birinchi navbatda Ukrainaning gollar sonini sanab oʻtadi[12].
Yoʻq | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2008-yil 19-noyabr | Dniproo-Arena, Dniproopetrovsk, Ukraina | Norvegiya | 1 — 0 | 1—0 | Doʻstona |
2. | 2009-yil 2-fevral | Tsirion stadioni, Limassol, Kipr | Slovakiya | 2 — 1 | 3—2 | Kipr xalqaro futbol turnirlari |
3. | 2009-yil 5-sentyabr | Valeriy Lobanovskiy nomidagi Dinamo stadioni, Kiyev, Ukraina | Andorra | 5 — 0 | 5—0 | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4. | 2009-yil 14-oktyabr | Kommunal, Andorra-la Vella, Andora | Andorra | 5 — 0 | 6—0 | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
5. | 2010-yil 4-sentyabr | Stadion Widzewa, Lodz, Polsha | Polsha | 1 — 1 | 1—1 | Doʻstona |
6. | 2013-yil 14-avgust | Olimpiyskiy milliy sport majmuasi, Kiyev, Ukraina | Isroil | 2 — 0 | 2—0 | Doʻstona |
7. | 2013-yil 6-sentyabr | Arena Lvov, Lvov, Ukraina | San Marino | 2 — 0 | 9—0 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
8. | 2013-yil 15-oktyabr | Stadio Olimpiko, Serravalle, San-Marino | San Marino | 1 — 0 | 8—0 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
9. | 3 — 0 | |||||
10. | 2015-yil 9-oktyabr | Filipp II Arena, Skopye, Makedoniya | Macedonia | 1 — 0 | 2—0 | UEFA Yevro-2016 saralashi |
11. | 2015-yil 14-noyabr | Arena Lvov, Lvov, Ukraina | Sloveniya | 2 — 0 | 2—0 | UEFA Yevro-2016 saralash pley-off oʻyinlari |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakhtar Donetsk
- Ukraina Premyer-ligasi : 2011—2012
- Ukraina kubogi : 2011—2012
- Ukraina Superkubogi : 2008, 2012
- UEFA kubogi : 2008-09
FK Dnipro Dnipropetrovsk
- UEFA Yevropa Ligasi ikkinchi o‘rin: 2014—2015
Akhisar Belediyespor
- Turkiya kubogi : 2017—2018
- Turkiya Superkubogi : 2018-yil
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ukraina Premyer-ligasi toʻpurari: 2010—2011, 2011—2012
- MDH kubogi toʻpurari: 2006-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“ (ru). FC Dnipro (2011-yil 21-iyun). 2012-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
- ↑ „«Шахтер» вернет лучшего бомбардира чемпионата Украины из «Днепра» за 5 миллионов евро“ (ru). sports.ru (2011-yil 21-iyun). Qaraldi: 2011-yil 21-iyun.
- ↑ „Line-ups: APOEL 0:2 Shakhtar“. shakhtar.com (2012-yil 22-avgust). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-avgust.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). FC Kuban Krasnodar (2016-yil 25-fevral). - ↑ Seleznyov transferred to Kuban for free (Seleznov pereyshov u „Kuban“ bezplatno). UA-Football. 25 February 2016
- ↑ In a winter Seleznyov refused to move to England (Seleznov vzimku vіdmovivsya vіd pereїzdu v Anglіyu) (Wayback Machine saytida 2020-06-15 sanasida arxivlangan). Mirror Weekly. 21 April 2016
- ↑ „Официально: Селезнев разорвал контракт с Кубанью“. football.ua. Qaraldi: 2016-yil 13-may.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ru). FC Shakhtar Donetsk (2016-yil 14-may). - ↑ Seleznyov left Shakhtar, — Shabliy (Seleznov pokinuv „Shaxtar“, — Shablіy). Football 24. 21 December 2016
- ↑ „Kupa tarihinin 15. şampiyonu oldu!“ (2018-yil 10-may).
- ↑ „Y. SELEZNYOV“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Yevhen Seleznyov“. Yevropaan Football. Qaraldi: 2015-yil 14-may.