Kontent qismiga oʻtish

Yiyang

Koordinatalari: 28°35′0″N 112°20′0″E / 28.58333°N 112.33333°E / 28.58333; 112.33333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yiyang

益阳市
Prefektura darajasidagi shahar
Skyline of Yiyang
28°35′0″N 112°20′0″E / 28.58333°N 112.33333°E / 28.58333; 112.33333
Prefektura darajasidagi shahar Xitoy
Asos solingan Mil. avv. 221-yil
Maydon 12,144 km2 (4,689 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Xitoycha
Aholisi
 (2010-yil aholini ro'yxatga olish)

4 313 084

  • Shahar (2 017) - 666 600
  • Tumanlar - 1 459 000
Zichligi 360 (920/kv mi) kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib Buddizm va nasroniylik
Vaqt mintaqasi UTC+8 Xitoy standard vaqti
Pochta indeks(lar)i 413 000
Yiyang xaritada
Yiyang
Yiyang

Yiyang (soddalashtirilgan xitoycha: 益阳, anʼanaviy xitoycha: 益陽, pinyin: Yìyáng) — Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Zi daryosi boʻyida joylashgan, Duntinxu koʻli boʻylab choʻzilgan va shimolda Xubey bilan chegaradosh boʻlgan prefektura darajasidagi shahar. 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Yiyang aholisi 4,313,084 nafar kishidan iborat boʻlib, 12,144 km2 (4,689 kv mi) hududda istiqomat qiladi. Avvalgi aholini roʻyxatga olish 2000-yilda boʻlib oʻtgan va unda shaharda 4,309,143 nafar kishi yashashi qayd etilgan[1].

Yiyang okrugi miloddan avvalgi 221-yilda Sin Chu davlatini bosib olgandan keyin tashkil topgan. U Yiyang deb atalishiga sabab okrug markazi Yi daryosining (zamonaviy Zi daryosi) shimoliy qirgʻogʻida joylashganida edi. Keyin esa hozirgi hudud Gʻarbiy Xan davrida Changsha knyazligi qoʻmondonligining bir qismiga aylantirildi[2].

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yiyang hududini (益陽; I-YANG (YIYANG) AMS, 1953-yil) oʻz ichiga olgan xarita

Yiyang ikkita tuman, bitta okrug darajasidagi shahar va uchta okrugni boshqaradi. Quyida taqdim etilgan maʼlumotlarda metrik tizim va 2010-yilgi milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Xarita

Ziyang
okrugi
Heshan
okrugi
Nan
okrugi
Taojiang
okrugi
Anhua
okrugi
Yuanjiang
(shahar)
Inglizcha nomi Soddalashtirilgan xitoycha Anʼanaviy xitoycha Pinyin Maydoni Aholisi Aholi zichligi
Ziyang tumani 资阳区 資陽區 Zīyáng Qū 680 410,542 604
Heshan tumani 赫山区 赫山區 Hèshān Qū 1,379 839,265 609
Yuanjiang shahri 沅江市 Yuánjiāng Shì 2,071 667,104 322
Nan okrugi 南县 南縣 Nán Xiàn 1,075 725,562 675
Taojiang okrugi 桃江县 桃江縣 Táojiāng Xiàn 2,063 769,568 373
Anhua okrugi 安化县 安化縣 Ānhuà Xiàn 4,950 901,043 182
Yiyang (1981—2010-yillar uchun normal) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 8,2 10,5 14,9 21,6 26,6 29,6 33,2 32,3 27,8 22,5 17,0 11,2 21,3
Oʻrtacha harorat, °C 4,8 7,1 11,0 17,3 22,3 25,7 29,0 28,1 23,7 18,3 12,7 7,3 17,3
Oʻrtacha minimal, °C 2,3 4,4 8,0 14,0 18,7 22,5 25,5 25,0 20,6 15,3 9,6 4,3 14,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 76,9 93,7 140,3 191,0 184,9 215,1 165,8 128,5 90,7 92,8 82,6 50,2 1 512,5
Manba: Xitoy meteorologiya boshqarmasi[3]


Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yiyang yaqinida koʻplab tepalikli qishloq xoʻjaligi yerlari mavjud. Shahar atrofida asosiy ekin mahsulotlari ― guruch, choy, bambuk ham yetishtiriladi.

Yiyangning hozirgi meri Chjan Chihengdir.

Tarixiy jihatdan buddizm va daosizm dinlari Yiyang xalqi hayotida juda muhim rol oʻynagan. Hozirgi vaqtda bu dinlarning ikkalasi ham Xitoyning boshqa koʻplab joylarida boʻlgani kabi tanazzulga yuz tutdi. Biroq, bugungi kunda, buddizm va nasroniylik Yiyangda koʻplab tarafdorlarga ega, mos ravishda bu dinlarga Yiyang aholisining 340,500 hamda 238,100 nafari eʼtiqod qiladi.

Kollejlari va universitetlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xunan shahar universiteti (湖南城市学院)

Xalqaro munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yiyang quyidagilar bilan birodarlashgan:

  1. (xitoycha) Compilation by LianXin website.
  2. 中国大百科全书(第二版) (zh). Encyclopedia of China Publishing House, 2009 — 388-bet. ISBN 978-7-500-07958-3. 
  3. „zh:中国气象数据网 - WeatherBk Data“ (zh-cn). China Meteorological Administration. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.