Yomgʻir (qoʻshiq)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Yomgʻir“
„Sahar“ qoʻshigʻi
„Oʻsha sizmi?“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2000
Janr pop-rok
Davomiyligi 5:09
Matn muallif(lar)i Anvar Joʻrayev
Bastakor(lar) Anvar Joʻrayev
„Oʻsha sizmi?“ xronologiyasi
Yomgʻir „Devochka“
Klipi
„Yomgʻir“ YouTubeda

Yomgʻir“ — „Sahar“ oʻzbek rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2000-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „Oʻsha sizmi?“ nomli albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Yomgʻir“ pop-rok janrida boʻlib, sol minor tonalligida yozib olingan[1].

Tarona 2000-yillarning birinchi yarmida Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respubliklalarda eng keng ommalashgan xitlar safiga kiradi[2]. 1999-yil tuzilgan „Sahar“ guruhi aynan „Yomgʻir“ qoʻshigʻi ortidan Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respublikalarda shuhrat qozongan[3]. „Yomgʻir“ boshqa xonandalar va musiqiy guruhlar tomonidan eng koʻp kaver qilingan oʻzbek tilidagi qoʻshiqlarning biridir.

Qoʻshiq soʻzini ham, musiqasini ham guruh solisti Anvar Joʻrayev yozgan. Qoʻshiq yozilganidan keyin Joʻrayev yana bir guruh aʼzosi bilan uni „Grand“ radiokanaliga olib borgan. U yerda qoʻshiqni Aziz Aliyev eshitib koʻrgan va yuqori baholagan. Aliyev guruhga radioda qoʻshiqni bepul efirga uzatishni taklif qilgan. Buning ortidan qoʻshiqni koʻplab radiokanal eshittira boshlagan[4].

„Yomgʻir“ qoʻshigʻi rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan „Sevinchi“ (2004) filmi saundrekiga kiritilgan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha qoʻshiqchi va musiqiy guruh kaver qilgan. 2016-yil „Koʻk choy“ guruhi Mr. Slan bilan hamkorlikda qoʻshiq kaverini yozgan. Oʻsha yili „Sahar“ guruhi qoʻshiqni „Jangbir“ (qozoqcha: Жаңбыр) nomi bilan qozoq tilida kuylagan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
  2. „Релиз: Группа Sahar и Анвар Джураев Выпустили Клип Ayol“. MYDAY (27-aprel 2022-yil). Qaraldi: 11-iyun 2022-yil.
  3. „Хонанда Анвар Жўраев 39 ёшида бўйдоқлар сафидан чиқди“. Qalampir (13-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 11-iyun 2022-yil.
  4. Solihova, Salima „MyDay stories: Рокер «дождя»“. MYDAY (23-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 11-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 27-iyun, 2022-yil(2022-06-27) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.