Yonayotgan Iyun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yonayotgan Iyun
: '
Rassom Frederic Leighton
Yil 1895
Oqim Moy bo'yoq tasviri
Joylashuvi Museo de Arte de Porce, Porce

Yonayotgan Iyun 1895-yilda Ser Frederic Leighton tomonidan chizilgan kartina. Kartina 120×120 santimetrli kvadrat polotnoga moyboʻyoqda chizilgan, ushbu rasmda uyqudagi ayolni classik rassom Akademik uslubda juda mohirona tasvirlagan. U Leightonning juda mashhur sanʼat asari boʻlib, koʻplab posterlar va mediada foydalanilgan.

Yonayotgan Iyun 1930-yillarda yoʻqolgan va 1960-yillarda qaytadan topilgan. Koʻp oʻtmay, u Viktoriya davri kartinalarini sotish qiyin boʻlgan davrda kim oshdi savdosiga qoʻyildi, u yerda 140 AQSh dollari evaziga (hozirgi 1126 dollar) sotilmadi. Kim oshdi savdosidan soʻng, kartina Puerto Rikodagi Ponce shahrida joylashgan Museo de Arte Poncega sotildi. Hozirda esa kartina 12-yanvar 2025-yilgacha Londondagi Royal Academy of Artsga ijaraga berilgan[1].

Baholash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yonayotgan Iyun birinchi marta Leightonning boshqa asarlaridan biri Yozgi uyquda marmar vannani bezash uchun motiv sifatida boshlangan. U dizaynga shunchalik berilib ketganki, uni oʻziga xos rasm sifatida yaratishga qaror qilgan.

Mikelanjeloning monumental yalang'och rasmining dafn marosimi Viktoriya rassomi tomonidan uni o'zlashtirish va moslashtirish jarayonida sezilarli darajada qizdirilgan. Leyton ishlarni shunday tartibga solganki, garchi kiyingan bo'lsa-da, uning uyquchan qizining ko'p jozibasi tomoshabinni maftun etish uchun jozibali tarzda namoyon bo'ladi - u bilvosita voyeur holatiga qo'yilgan ... Uning yonoqlari qizarib ketgan, qizarib ketgan. u uxlayotgan bo'lsa ham, u qandaydir tarzda uni kuzatib turishini bilishini taklif qiladi.

Graham-Dixonning soʻzlariga koʻra: kartinadagi ayolning holati Leighton Gʻarb sanʼatining eng yuksak yutuqlaridan biri deb hisoblagan Florensiyadagi Medici maqbarasidagi Mikelanjeloning "Tun" haykalidan ilhomlanilgan. Uyqudagi ayolning holati Leightonga katta muammo keltirdi. U ayolning qanday yotishi kerakligi haqida bir nechta eskizlarni chizdi; ayniqsa uning oʻng qoʻli burchagini tabiiy holatga keltirish uchun ancha ter toʻkkan. Uning tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, Leighton ushbu natijaga erishishi uchun rasm kamida 4 marta evolyutsion eskizdan oʻtgan. Ushbu eskizlardan 3tasi yalangʻoch holatda va 1tasi kiyimli holatda boʻlgan[2]. Oʻralgan figura eng hayotiy koʻrinishga ega boʻlib, Leightonning tabiatga sodiqlikka erishish uchun yalangʻoch modeldan chizish zarurligini koʻrsatadi[3].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartinaning ilk egalari The Graphic jurnali, 1985-yil Yangi yil sovgʻasi tarqatish uchun yuqori sifatnin yaratish maqsadida sotib olgan. 1896-yil yanvarda Leighton vafot etganidan soʻng, kartinani uning ofisi oynasiga qoʻyishgan. 1900-yillar boshida u Ashmolean muzeyiga ijaraga berilgan, bundan keyingi uning aniq joyi nomaʼlum boʻlgan. Kartina 1960-yillarda Battersea uyining moʻrisidan qutiga solingan holda topilgan. Andrew Lloyd Webber keyinchalik kartinani Kings Road koʻchasidagi doʻkonda koʻrib qoladi, lekin uning buvisi ushbu kartinani „Men uyimda Viktoriya davri axlatini saqlamayman“ deb soʻralgan 50 funt sterlingga sotib olishni xohlamaydi[4].

1963-yilda Perto Rikolik taniqli sanoatchi va politik Luis A. Ferré Yevropa boʻylab Perto Rikoda oʻzi tashkil qilgan Museo de Arte de Ponce muzeyiga kartina va haykallar sotib olish uchun qilgan sayohat qiladi. „Viktoriya davriga oid bunday asarni Amsterdamda Luis A. Ferre 1960-yilda 1000 dollardan kamroqqa sotib olganini bilish juda qiziq.“

Museo de Arte de Ponce kolleksiyasining bir qismiga aylanganidan soʻng, ushbu kartina mashhur sanʼat asari hamda namunasi boʻlib qoldi. Shundan keyin u bir nechta muzeylarga, xususan Madriddagi Museo del Pradoga 2008-yilda, Germaniyadagi Staatsgalerie Stuttgartga 2009-yilda va New York Citydagi Frick Collectionga 2015-yilda ijaraga berilgan.

2016-yilda kartina Kensingtondagi Leighton uy-muzeyiga ijaraga beriladi va kartina yaratilgan studiyada namoyish etiladi.

2023-yilda faqat Leightonga maʼlum boʻlgan moyboʻyoq yordamida rasm chizish Ser David Verey tomonidan namoyish etildi.

Modellar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayol tanasi oʻta ajoyib tasvirlanganligi tufayli, koʻpchilik ushbu kartinadagi ayol yuzi oʻsha davrdagi Leightonning sevimli ikki modeli: Dorothy Dene[5] yoki Mary Lloydlardan biri boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlar boʻlgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Flaming June“. Qaraldi: 2024-yil 24-aprel.
  2. Cf. T. Barringer & E. Prettejohn, Frederic Leighton: Antiquity, Renaissance, Modernity, Yale University Press (1999), s.v. "Flaming June".
  3. A. Weidinger, Magnificent Extravagance – Frederic, Lord Leighton's Flaming June 1894–95, Belvedere (2010), passim.
  4. Maev Kennedy.. „Leighton's Flaming June to go on display in studio where it was painted“. The Guardian (2016-yil 20-iyun).
  5. „Dorothy Dene: Lord Leighton's secret lover?“. The Daily Telegraph.
  6. Jill Berk Jiminez. Dictionary of Artists' Models. Routledge, 15 October 2013 — 593– bet. ISBN 978-1-135-95914-2.