Yordam:Texnik maʼlumot
Bugungi oʻzbek vikipediyasi |
---|
Vikipediya MediaWiki dasturining 1.44.0-wmf.8 (f08e6b3) turida ish yuritadi. |
Vikipediyada 292 762 ta maqola va 1 094 328 ta sahifa mavjud. |
5 350 344 ta tahrir amalga oshirilgan. |
3 806 ta fayl yuklangan. |
151 352 ta foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 15 tasi administrator. |
Oʻzbek tilidagi Vikipediya bir necha yuz tilda faoliyat yurituvchi loyihaning bir qismi boʻlib, ushbu loyihaning maqsadi Yerda mavjud barcha tillardagi eng toʻliq ensiklopediyani yaratishdir. Bu maqsad maqolalar sonini maʼlum miqdorga yetkazish bilan chegaralanmaydi.
Barcha insonlar Vikipediyada mavjud boʻlgan maʼlumotni tekinga izlashlari va undan foydalanishlari mumkin. Oʻz qidirgan narsangizni topa olmadingizmi? Kayfiyatingizni tushirmang! Vikipediyaga bir qancha muddatdan soʻng qayta tashrif buyuring, bu orada sizni qiziqtirgan maʼlumot Vikipediyaga kiritilishi mumkin. Kutish vaqtini oʻtkazish uchun esa, oʻzingiz ham bir-ikkita maqola yarating, yoki mavjud boʻlgan maqolalarni tahrirlang!
„Maqolamni moderator tekshirib chiqib, chop etishini kutishim kerakmi…?“
Yoʻq! Vikipediyada moderatorlar mavjud emas. Har bir foydalanuvchi istagan maqolasini tahrirlashi mumkin. Hamma oʻzgarishlar darhol qolgan foydalanuvchilarga koʻrinadi. Buning uchun, xattoki roʻyxatdan oʻtish zarur emas (lekin, tavsiya etiladi).
Ammo, tahrirlashdan avval quyidagi toʻrtta qoidani oʻqib chiqing:
- Iltimos, mualliflik huquqi (copyright) bilan himoyalangan surat va matnlarni joylashtirmang.
- Vikipediya bu ensiklopediya boʻlib, undagi maqolalar imkon boricha neytral nazarda yozilgan boʻlishi zarur.
- Agarda, siz bahsli mavzu haqida maqola yaratayotgan boʻlsangiz, sizga maʼlum boʻlgan barcha nuqtai nazarlarni keltirib oʻtishga harakat qiling.
- Yaratmoqchi boʻlgan maqolangizni qidirib koʻring. Agar, bunday maqola mavjud boʻlmasagina, uni yarating.
Bularning barchasini qanday ishlashini qumloqda tekshirib koʻrish mumkin.
Agarda, siz savollaringizga javobni yordam sahifalaridan topa olmagan boʻlsangiz, yoki loyihamiz bilan hamkorlik qilmoqchi boʻlsangiz, forumimizga tashrif buyuring, yoki elektron pochta manzilimizga murojaat eting.