Yoshi Uzoqbek madrasasi
Madrasa | |
Yoshi Uzoqbek madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Yoshi Uzoqbek |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Yoshi Uzoqbek |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 18 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Yoshi Uzoqbek madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Yoshi Uzoqbek madrasasi Koʻyi mirgʻkash guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Nasrullo davrida, Yoshi Uzoqbek tomonidan bunyod etilgan. Yoshi Uzoqbek Buxoro amirligining nufuzli shaxslaridan biri Muhammad Amin toʻpchiboshining oʻgʻli boʻlgan. Muhammad Amin Buxoro amirligida Amir Shohmurod va Amir Haydar davrida toʻpchiboshi lavozimida ishlagan. Yoshi Uzoqbek ham Buxoro amirligi saroyida xizmat qilgan. U Amir Nasrullo davrida mamlakat siyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. Yoshi Uzoqbek „Yosh Uzoq“, „Yoshi Uzoq“ kabi nomlar bilan tilga olinadi. U Amir Nasrullo harbiy yurishlarida qatnashgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasa uchun 1873—1874-yillarda Shokirjon ibn Mahmud Chinnifurushlar rastasidagi bir qancha doʻkonlarni vaqf qilgan. Madrasa faoliyatiga oid yana ikkita vaqf hujjatlari topib oʻrganilgan. Ushbu madrasalarda koʻplab mudarrislar nomlari keltirilgan. Jumladan mulla Abduvajidxoja maoshi 45 tilla, mulla Boqir maoshi 25 tillani tashkil etgan. Madrasada tahsil olgan talabalar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan. Madrasa shoʻro inqilobiga qadar buzilib ketgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 15 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Yoshi Uzoqbek madrasasi 18 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.