Yuan Xinyue

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuan Xinyue
Shaxsiy maʼlumotlar
Laqabi Big Apple (大苹果)
Millati xitoylik
Tugʻilishi (1996-12-21) 21-dekabr 1996 (age 25)

Chongqing
boʻyi 2.01 m (6 ft 7 in)
Vazni 78 kg (172 lb)
Voleyboldagi oʻrni
Positsiyasi oʻrta Bloker
Hozirgi jamoasi Bayi
raqami 1 (NT) 8 (klub)
Faoliyati
Yillar Jamoalar
2013—2014-yil

2014-hoziga qadar
Guangdong Evergrande

Bayi
Terma jamoa
2014-hozirga qadar Xitoy terma jamoasi
Mukofotlar
Voleyboll
Olimpiada oʻyinlari
Gold medal — first place 2016-yil Rio de Janeyro jamoaviy
Jahon chempionati
Silver medal — second place 2014-yil Italiya jamoaviy
Bronze medal — third place 2018-yil Yaponiya jamoaviy
Jahon chempionati kubogi
Gold medal — first place 2015-yi Yaponiya jamoaviy
Gold medal — first place 2019-yil Yaponiya jamoaviy
Jahon chempionlari kubogi
Gold medal — first place 2017-yil Yaponiya jamoaviy
Voleybol Millatlar Ligasi
Bronze medal — third place 2018-yil Nanjing jamoaviy
Osiyo oʻyinlari
Gold medal — first place 2018-yil Jakarta-Palembang jamoaviy
Osiyo chempionati
Gold medal — first place 2015-yil Tianjin jamoaviy

Yuan Xinyue (xitoycha: 袁心玥; oʻqilishi: Yuán Xīnyuè; 1996-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — xitoylik ayol voleybolchi, oʻrta blocker sifatida oʻynaydi. U Xitoyning ayollar milliy voleybol jamoasi aʼzosi va 2014-yildan beri Bayi jamoasi safida oʻynaydi. 2,01 m lik boʻy bilan Yuan Xinyue Xitoy voleybol boʻyicha ayollar terma jamoasi tarixidagi eng baland boʻyli oʻyinchi hisoblanadi. Uning baland boʻyi unga voleybolda boshqalarga nisbatan yaxshiroq oʻynash imkonini beradi. U jamoadoshlari Chju Ting va Chjan Changning bilan birga jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuan Xinyue professional voleybolchi sifatida milliy musobaqalarda Xalq Ozodlik Armiyasi vakili boʻlgan Bayi jamoasida faoliyatini boshlagan. Uning 2013-yilgi 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi ajoyib oʻyini tufayli, eng qimmat oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgani Xitoy voleybol boʻyicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Lang Pingning eʼtiborini tortdi. Oʻsha yili u kattalar jamoasining tarkibiga qoʻshilish uchun tanlangan va 2014-yilda rasman kattalar jamoasi safiiga kiritilgan.

Yuan 2014-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan FIVB voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy terma jamoasi tarkibida boʻlgan va u finalda Xitoy AQShga magʻlub boʻlganligi sababli, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1]. Jahon chempionatidagi ajoyib oʻyinini oʻtkazgan va shu oʻyini uchun Yuan Xinyue 2014-yilda CCTV Sports Personality Awards mukofotiga sazovor boʻldi. Keyingi yili u 2015-yilgi FIVB voleybol boʻyicha Jahon Gran-prisida[2] hamda 2015-yilgi FIVB Jahon kubogida ishtirok etdi. Yuan Xinyue mazkur musobaqada oʻn yildan koʻproq vaqtdan soʻng jamoaga yirik jahon turnirida birinchi oltin medalini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

Yuan 2016-yilda Rio Olimpiadasida Xitoy sharafini himoya qilgan.[3] Jamoa 1984 va 2004-yillardagi gʻalabalardan soʻng 3-oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2017-yilda u FIVB voleybol boʻyicha Jahon Gran-prisida va FIVB Jahon Grand Chempionlar Kubogida Xitoy nufuzini himoya qildi va jamoaga ikkinchi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi. U Jahon Grand Chempionlar Kubogida eng yaxshi oʻrta bloker mukofotiga sazovor boʻldi[4].

2018-yilda Yuan ilk Voleybol Millatlar ligasida ishtirok etdi, unda jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Avgust oyida Yuan Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashdi. Jamoa 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va musobaqada ustunlik qildi. Jamoa birorta ham set qoldirmay chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[5]. Oktabr oyida Yuan Yaponiyada oʻtkazilgan FIVB voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy nufuzini himoya qildi[6]. Besh set davom etgan shiddatli oʻyin oʻtkazgan holda, yarim finalda Italiyaga magʻlub boʻldi va jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2019-yilda Yuan 2-Voleybol Millatlar Ligasida ishtirok etdi. Gonkongda boʻlib oʻtgan guruh bosqichida Xitoy 2018-yilgi jahon chempionatida ularni magʻlub etgan Italiya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan Xitoy ketma-ket uchta setda gʻalaba qozondi va natijada Italiyaga qarshi 3:2 hisobida ajablantiradigan gʻalabani taʼminladi. Bu gʻalabada Yuan hal qiluvchi rol oʻynadi. Xususan, uchinchi setda uning blokirovkasi Xitoyga oʻyinda qolishga yordam berdi.

2019-yil sentabr oyida Yuan yana FIVB ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy shaʼnini himoya qildi[7], unda Xitoy ketma-ket oʻn bitta gʻalabadan keyingi yana bir jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Turnir davomida Xitoy raqiblariga atigi uchta setda magʻlub boʻldi. Yuan ushbu yirik gʻalabada asosiy vazifani bajargan oʻyinchi boʻldi.

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012-yilgi voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati - Kumush medal
  • 2013-yil U18 jahon chempionati - Oltin medal

Kattalar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014-yilgi Jahon chempionati Kumush medal
  • 2015-yilgi Osiyo chempionati Oltin medal
  • Jahon chempionati kubogi 2015-yil Oltin medal
  • 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari Oltin medal
  • 2017-yilgi Jahon chempionlari kubogi Oltin medal
  • 2018-yil Voleybol Millatlar Ligasi Bronza medali
  • 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari Oltin medal
  • 2018-yilgi jahon chempionati Bronza medali
  • Jahon chempionati 2019 Oltin medal

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014—2015-yil Xitoy voleybol ligasi Oltin medal, Bayi jamoasi bilan
  • 2017—2018-yil Xitoy voleybol ligasi Bronza medali, Jiangsu jamoasi bilan

Jaxsiy gʻalabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012-yilgi voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati „Eng yaxshi bloker“
  • 2013-yil FIVB U18 Jahon chempionati „Eng qimmat oʻyinchi“
  • 2013-yil FIVB U18 Jahon chempionati „Eng yaxshi oʻrta bloker“
  • 2017-yilgi Jahon chempionlar kubogi „Eng yaxshi oʻrta bloker“
  • 2017—2018-yillar Xitoy voleybol ligasi „Eng yaxshi oʻrta bloker“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Team Roster – China“. italy2014.fivb.org. Qaraldi: 1-oktabr 2014-yil.
  2. http://worldcup.2015.women.fivb.com/en/competition/teams/chn%20china/team_roster
  3. „Player - Xinyue Yuan“.
  4. „Women's Grand Champions Cup 2017 - Women's Grand Champions Cup“. grandchampionscup.2017.women.fivb.com. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  5. „Volleyball at the 2018 Asian Games“, Wikipedia (inglizcha), 12–sentabr 2019–yil, qaraldi: 2019-10-16{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  6. „Team Roster - China - FIVB Volleyball Women's World Championship Japan 2018“. japan2018.fivb.com. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.
  7. „FIVB Women World Cup 2019 - Team Roster - China“. worldcup.2019.fivb.com. Qaraldi: 16-oktabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]