Yulduzingni ber osmon
„Yulduzingni ber osmon“ | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Farid Davletshin |
Ssenariynavis(lar) |
Valeriy Gusev Aʼlo Xoʻjayev |
Rollarda |
Dilorom Egamberdiyeva Karim Mirxodiyev Furqat Fayziyev Sofiya Sobitova |
Bastakor(lar) | Anvar Ergashev |
Operator(lar) | Hotam Fayziyev |
Chiqarilgan sanasi | 1995-yil |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
„Yulduzingni ber osmon“ (yoki Yulduzingni ber, osmon) – 1995-yilda suratga olingan oʻzbek filmi. Film Farid Davletshin rejissorligida suratga olingan[1].
Mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film mashhur xonanda va uning badiiy rahbari oʻrtasidagi ichki munosabat hamda kechinmalarni koʻrsatib bergan[2].
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda bosh rollardan birining obrazini ijro etgan Karim Mirxodiyev filmda yaratgan obrazi borasida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan:
„Yulduzingni ber, osmon“dan to eng oxirgi rollarimgacha – oʻzim. Hammasida Karim Mirxodiyev boʻlib oʻynadim. „Yulduzingni ber, osmon“ filmini tomosha qilib, Bernora Qorieva „Men haqiqiy erkakni koʻrdim!“ deya yuksak baho bergan. Butkul emas-u, menga yaqini – shu obraz. Albatta, hech kim meni takrorlamaydi, men ham hech kimga taqlid qilmayman.
Soundtrektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film uchun asosiy soundtrek Nasiba Abdullayeva tomonidan kuylangan „Yulduzingni ber osmon“ qoʻshigʻi edi. Shu bilan birga, xonanda Akbarali Ochilov ijrosida kuylangan „Kelasanmi derdim“ taronasi ham film ramziga aylandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Kinematografiya agentligi“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ NTRK.TV, Фильмы » Юлдузингни бер осмон (ruscha), qaraldi: 2024-02-04