Kontent qismiga oʻtish

Yulduzoʻt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yulduzoʻtchinniguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Ildizi oʻqiddiz, sertomir. Poyasi ingichka, qoʻtarilib oʻsadi, sershox, boʻyi 5—30 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, pastkilari bandli, yuqoridagilari bandsiz, tuxumsimon. Gullari oq, mayda, gulbandi uzun. Mevasi choʻziq, koʻp urugʻli koʻsakcha. Aprel—oktyabrda gullab, mevalaydi. Bir tupi 15—20 ming mayda urugʻ beradi. Urugʻidan va vegetativ usulda koʻpayadi. Urugʻlari 5—7° da koʻkarib chiqadi. Erta bahordan kech kuzgacha maysa beradi. Kuzgi nihollari qishlaydi, poyalari ildiz otadi, ular ham yaxshi qishlab chiqadi. Begona oʻt sifatida sabzavot va chopiqtalab ekinlar orasida, paxta maydonlari, kanal, ariq boʻylarida, xiyobonlar, bogʻlar, poliz ekinlari orasida, sernam va soya yerlarda oʻsadi.

Kurash choralari: ekinlar bir necha marta kultivatsiya, oʻtoq qilinadi, yulingan oʻtlar daladan chiqarib tashlanadi, maysa paydo boʻlgunicha gerbitsidlar purkaladi.