Yunus Narimonov
Yunus Narimonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1898-yil Toshkent |
Vafoti | 1938-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | oʻzbek |
Kasbi |
|
Yunus Narimonov Musayevich – (1898-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) brigada qoʻmondoni.
Hayoti va mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yunus Narimonov Musayevich (asli ismi: Hojizoda Yunus Musayevich) Toshkent shahrining Sebzor dahasidagi tikuvchi Yunus Muso oilasida dunyoga kelgan. Dastlabki taʼlimni eski usuldagi maktabda olgan. Keyinchalik 1913-yilda rus-tuzem maktabini tamomlagan. 1913-yildan boshlab 1914-yil iyun oyigacha Toshkent temir yoʻl bekatida tarozibon xizmatida boʻlgan.
1914—1917-yillar mobaynida Abdumalikboyning korxonasida joylovchi vazifasini bajargan. 1917-avgustdan 1918-yil fevralgacha Toshkent shahar ishchi-hizmatchilar kasaba uyushmasida kotib vazifasida ishlab kelgan. Soʻngra, 1918-yil avgustdan 1919-yil sentyabrgacha Turkiston harbiy okrug instruktorlar kursida tahsil olgan.
1919—1920-yillar oraligʻida Turkiston fronti hududiy polkida rota qoʻmondoni, 1920—1921-yillarda Turkiston fronti qoshidagi 29-musulmon piyoda qoʻmondonlik kursi komissari vazifasini bajargan. 1921-yildan 1923-yilgacha Turkiston fronti koʻngilli otryadi siyosiy qoʻmondoni hamda 1923—1925-yillarda 2 otliq brigada siyosiy boʻlimi va maktabi instruktori boʻlib faoliyat yuritgan. 1925-yil apreldan 1927-yil martgacha Birlashgan oʻzbek brigadasi va Turkiston fronti alohida oʻzbek oʻqchi batalyonining harbiy komissari vazifasini bajargan[1].
1927—1929-yillarda Birlashgan oʻzbek brigadasi bosh kotibi, 1929—1930-yillarda esa Oʻzbek birlashtirilgan milliy brigadasi harbiy prokurori, 1930-yildan siyosiy boʻlim boshligʻi sifatida faoliyat olib borgan. 1931—1934-yillarda N. G. Tolmachev nomidagi Ishchi-dehqon qizil qoʻshin Harbiy-siyosiy akademiyasining quruqlikdagi qoʻshinlar fakultetida oʻqigan. 1937-yilgacha 19-oʻzbek togʻ-otliq diviziyasi siyosiy boʻlim rahbari boʻlgan[2].
Ayblov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta Osiyo Harbiy Okrugi Davlat xavfsizlik Bosh boshqarmasi tomonidan 1937-yil 11-sentyabrda qamoqqa olingan. 1938-yil 10-oktyabrda aybi isbotlanmagan holda oliy jazoga hukm qilingan[3]. 1956-yil 13-oktyabrda oqlangan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ Narimanov, Iunus Musaevich „The Generals of WWII“. generals.dk. Qaraldi: 14-oktyabr 2024-yil.
- ↑ Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ Нариманов, Юнус Мусаевич „Фамилия Нариманов“. rosgenea.ru. Qaraldi: 14-oktyabr 2024-yil.