Yunus Rajabiy uy-muzeyi
Yunus Rajabiy muzeyi – Oʻzbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uy-muzey. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey 1997-yil dekabr oyida, Yunus Rajabiy tavalludining 100 yilligi arafasida uning oʻgʻli Hasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan[2][3]. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholgʻu asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari, ruchka, choynak-piyolalari qoʻyilgan[4]. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1989-yil 13-sentyabrdagi 301-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 1989-yil 28-sentyabrdagi 385-son buyrugʻiga asosan 1957-1976-yillar davomida yashagan atoqli bastakor va hofiz, Yunus Rajabiy uy-muzeyi tashkil etildi.
Maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yunus Rajabiy uy-muzeyi 1997-yil 19-dekabrda tashrif buyuruvchilarni qabul qila boshladi. Yunus Rajabiy 1897-yil 5-yanvarda Toshkent shahrining Chaqar mahallasida yashovchi bogʻbon oilasida, 16-farzand boʻlib dunyoga kelgan.
- 1910—1913-yillarda eski maktabda oʻqigan.
- 1913—1914-yillarda u musiqa ilmini tanlagan.
- 1918—1923-yillarda musiqa texnikumida tahsil olgan.
- 1923—1927-yillarda Samarqand shahrida ochilgan Pedagogika institutida ishlagan.
- 1927—yilda radio qoʻmita qoshida Toshkentda birinchi oʻzbek xalq milliy cholgʻu ansamblini tashkil etdi.
- 1934—1939-yillarda O`zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.
- 1940—1941-yillarda Moskvadagi bastakorlik kurslarida tahsil olgan.
- 1942—1946-yillarda Maqomchilar ansamblini tashkil qilgan.
- 1959—1976-yillarda Maqomchilar ansamblini qayta tuzib, bu ansamblda umrining oxirigacha rahbarlik qilgan.
- 1953—yilda Oʻzbekiston Xalq artisti
- 1966-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi
- 1967-yilda Mehnat qizil bayroq ordeni
- 1971-yilda Hamza mukofoti sovrindori
Yunus Rajabiyning 12 farzandi (7 oʻgʻil va 5 qiz) boʻlgan[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дом-музей Юнуса Раджаби“. Афиша.Уз. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
- ↑ „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Дом-музей Юнуса Раджаби“. myday.uz. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
- ↑ „Дом - музей Юнуса Раджаби“. cultureuz.net. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-10-04 sanasida arxivlangan)