Kontent qismiga oʻtish

Oshqozon-ichak trakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yuqori oshqozon-ichak traktidan yoʻnaltirildi)
Oshqozon-ichak trakti
lotincha: tractus digestorius,
canalis alimentarius,
canalis gastrointestinales
Sistema Ovqat hazm qilish
Kataloglar
  • A03.556
  • D041981
Oshqozon-ichak trakti Vikiomborda

Oshqozon-ichak trakti – ovqat hazm qilish tizimining ogʻizdan boshlanib, anusda yakunlanuvchi qismi. Oshqozon-ichak traktida inson va hayvonlar ovqat hazm qilish sistemasida asosiy ahamiyatga ega hisoblangan organlar (qiziloʻngach, oshqozon va ichaklar) mavjud. Ogʻiz orqali organizmga kirib kelgan oziq-ovqat oshqozonda kimyoviy taʼsirga uchrash natijasida hazm qilinadi. Hazm boʻlgan moddadan energiya ajralib chiqadi. Hazm jarayonida hosil boʻlgan qoldiq moddalar najas sifatida anus orqali tanadan chiqib ketadi. Odamning oshqozon-ichak trakti qiziloʻngach, oshqozon va ichaklardan iborat boʻlib, yuqori va pastki oshqozon-ichak traktiga boʻlinadi. Mazkur trakt ogʻizdan anusgacha boʻlgan barcha organlarni oʻz ichiga oladi. Insonning ovqat hazm qilish tizimi oshqozon-ichak trakti va hazm (hazm jarayonida) yordamchi organlar (til, soʻlak bezlari, oshqozon osti bezi, jigar va oʻt pufagi)dan iborat.

Immunitet va metabolizmni saqlashda turli xil rollarga ega boʻlgan mingga yaqin mikroorganizmlar va bakteriyalardan iborat ichak mikrobiotasi ham oshqozon-ichak traktining bir qismi hisoblanadi[1][2][3]. Traktning hujayralari ovqat hazm qilish jarayonini tartibga solishga yordam beruvchi gormonlarni (Gastrin, sekretin, xoletsistokinin va grelin) ishlab chiqaradi.

Insonning oshqozon-ichak trakti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ovqat hazm qilish tizimining tasviri

Yuqori oshqozon-ichak trakti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori oshqozon-ichak trakti ogʻiz boʻshligʻi, farenks, qiziloʻngach, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoqli ichak yuqori va quyi traktlarni ajratib turuvchi chegara hisoblanadi. Diseksiya jarayonida oʻn ikki barmoqli ichak yaxlit organ boʻlib koʻrinishi mumkin. Lekin joylashuvi, funksiyasi va ichki tuzilishiga qarab toʻrt qismga boʻlinadi.

Quyi oshqozon-ichak trakti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyi oshqozon-ichak trakti ingichka ichakning katta qismi va yoʻgʻon ichakni oʻz ichiga oladi. Boshqa sutemizuvchilar kabi inson ichagi ham ikki qismdan (ingichka va yoʻgʻon) iborat. Insonning ingichka ichagi, oʻz navbatida, 3 qismga (duodenum, jejenum va ileum) boʻlinadi. Yoʻgʻon ichak esa 6 qismdan (koʻrichak, koʻtariluvchi chambar ichak, koʻndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak va sigmasimon ichak, va toʻgʻri ichak) iborat[4][5].

Ingichka ichak
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzunligi 6—7 m[6], kengligi 2—2,5 sm[7][8]. Shilliq qavatining yuzasi kattalarda 30 m2 boʻladi[9]. Boʻshligʻiga oʻt suyuqligi va meʼda osti bezining shirasi quyilib turadi[10]. Ingichka ichakning asosiy vazifasi – oziq-ovqatni parchalash, hazm qilish va oziq moddalar va minerallarni oziq-ovqatdan qonga singdirish. Ingichka ichak 3 qismdan iborat:

  1. Oʻn ikki barmoqli ichak (lotincha: duodenum): uzunligi 27—30 taqasimon yoki yarim halqasimon shaklda boʻladi. Oshqozon osti bezini boshchasini yuqoridan, oʻngdan va pastdan oʻrab turadi. Ingichka ichakning oʻn ikki barmoqli ichakdan keyingi qismi qorin pardasi (lotincha: intraperitoneal) ichida joylashgan.
  2. Och ichak (lotincha: jejunum): oʻn ikki barmoqli ichakning davomi. Qorin boʻshligʻining chap yuqori qismida joylashgan. Uzunligi tahminan 2.5 metr.
  3. Yonbosh ichak (lotincha: Ileum): ingichka ichakning oxirgi qismi. Qorin boʻshligʻining oʻng pastki qismida joylashgan. Uzunligi taxminan 3 metr[11][12][13].

Ingichka ichakning shilliq qavati qalin joylashgan vorsinkalar (lotincha: villi intestinales) bilan qoplanganligi uchun baxmalsimon koʻrinishga ega. Ingichka ichak devorida Luberkun va Brunner bezlari mavjud. Insondagi ingichga ichak yuzasi vorsinka, mikrovorsinka va shilliq qavatdagi burmalar hisobiga 300—500 marta kattalashadi[11].

Yoʻgʻon ichak
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzunligi 100—160 sm, kengligi 5—8 sm[14]. Uch qismdan (koʻrichak, chambar ichak va toʻgʻri ichak) iborat. Chambar ichak, oʻz navbatida 4 qismga (yuqoriga koʻtariluvchi, koʻndalang, pastga tushuvchi va sigmasimon ichaklar) boʻlinadi. Uzunligi katta yoshli odamlarda taxminan 1.5—2 m[9]. Diametri boshlanish qismida 7 sm, oxirida esa 4 sm. Devori shilliq qavat, shilliq osti qavat, mushak va seroz qavatlardan tashkil topgan[15][16].

Yoʻgʻon ichakdagi bakteriyalar ishtirokida K vitamini sintezlanadi[17].

Ichak devorining umumiy tuzilishi
Shilliq qavat
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shilliq qavat oshqozon-ichak traktining eng ichki qatlamidir. Mazkur qatlamda vorsinka va mikrovorsinkalar yaxshi rivojlangan.

Muntazam ravishda shilimshiq moddalar bilan namlanib turadi. Shilliq qavat quyidagi qismlardan iborat:

  • Epiteliy
  • Shilliq qavatning xususiy pardasi
  • Shilliq qavatning mushak plastinkasi
Shilliqosti qavati
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shilliqosti qavat shilliq qavatga nisbatan qalinroq. Shu sababli ovqat luqmasi oʻtayotganda burmalar hosil boʻladi. Ogʻiz boʻshligʻi va milklarda mazkur qavat mavjud emas.

Shilliqosti qavatning tarkibi quyidagicha:

  • Stroma (gʻovak tolali biriktiruvchi toʻqima);
  • Qiziloʻngach va oʻn ikki barmoqli ichakdagi bezlar.
  • Qon va limfa tomirlari
  • Asab tolalari
  • Limfoid toʻqimaning toʻplami
Mushak qavati
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki qismdan (ichki sirkular va tashqi boʻylaman) iborat[18]. Mushak qavati silliq mushak va koʻndalang targʻildan iborat. Mazkur qavatda asab tolalari, qon tomirlari va biriktiruvchi toʻqimali elementlar mavjud.

Serozning tarkibi joylashgan oʻrniga qarab farq qiladi. Qiziloʻngach, xalqum va toʻgʻri ichakning oxirgi qismi tashqi qavati faqat biriktiruvchi toʻqimadan iborat.

Immun funksiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshqozon-ichak trakti immun tizimida muhim ahamiyatga ega[19].

Immun toʻsiq
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovqat hazm qilish traktining yuzasi taxminan 32 kvadrat metr[20]. Immun tizimi esa patogen mikroorganizmlarining inson organizmiga kirishiga toʻsqinlik qiladi[21]. Immunitet faoliyatida ichak shilliq qavati tomonidan ishlab chiqarilgan jismoniy, biokimyoviy elementlar va shilliq toʻsiq muhim ahamiyatga ega[22].

Immun tizimining gomeostazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydali bakteriyalar ham oshqozon-ichak immun tizimi gomeostazida ishtirok etadi. Masalan, oshqozon-ichak traktida trakti tarkibidagi Clostridia ichak immun tizimining dinamikasida muhim ahamiyatga ega[23].

Ichak mikrobiotasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻgʻon ichakda inson tanasi qayta ishlay olmaydigan molekulalarni parchalashi mumkin boʻlgan turli bakteriyalar mavjud[24].

Ichak bakteriyalari ham biosintez reaksiyalarida ishtirok etishi mumkin. Masalan yoʻgʻon ichakdagi maʼlum shtammlar B12 vitaminini ishlab chiqaradi[25]. Bu vitamin odamlarda DNK sintezi va qizil qon tanachalari ishlab chiqarilishi kabi jarayonlar uchun zarur hisoblanadi[26]. Biroq, yoʻgʻon ichakning asosiy vazifasi – hazm boʻlgan moddadan suvni soʻrib olib, oziq moddalarni (tananing) keyingi qismiga oʻtkazib yuborish[27].

  1. Lin, L; Zhang, J (2017). "Role of intestinal microbiota and metabolites on gut homeostasis and human diseases". BMC Immunology 18 (1): 2. doi:10.1186/s12865-016-0187-3. PMID 28061847. PMC 5219689. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5219689. 
  2. Marchesi, J. R; Adams, D. H; Fava, F; Hermes, G. D; Hirschfield, G. M; Hold, G; Quraishi, M. N; Kinross, J et al. (2015). "The gut microbiota and host health: A new clinical frontier". Gut 65 (2): 330–339. doi:10.1136/gutjnl-2015-309990. PMID 26338727. PMC 4752653. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4752653. 
  3. Clarke, Gerard; Stilling, Roman M; Kennedy, Paul J; Stanton, Catherine; Cryan, John F; Dinan, Timothy G (2014). "Minireview: Gut Microbiota: The Neglected Endocrine Organ". Molecular Endocrinology 28 (8): 1221–38. doi:10.1210/me.2014-1108. PMID 24892638. PMC 5414803. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5414803. 
  4. Kapoor, Vinay Kumar. {{{editor}}}: „Large Intestine Anatomy“. Medscape. WebMD LLC. (2011-yil 13-iyul). Qaraldi: 2013-yil 20-avgust.
  5. Gray, Henry. Gray's Anatomy. Philadelphia: Lea & Febiger, 1918. 
  6. Drake, Richard L.. Gray's anatomy for students, 3rd, Philadelphia: Elsevier/Churchill Livingstone, 2015 — 312-bet. ISBN 978-0-8089-2306-0. 
  7. Aminov, Tilavov, Mavlonov 2014.
  8. Sodiqov, Aripova, Shahmurova 2009.
  9. 9,0 9,1 Helander, Herbert F.; Fändriks, Lars (2014-06-01). "Surface area of the digestive tract - revisited". Scandinavian Journal of Gastroenterology 49 (6): 681–689. doi:10.3109/00365521.2014.898326. ISSN 1502-7708. PMID 24694282. 
  10. Xusinova, Sulaymanova, Raximova, Egamov 2023.
  11. 11,0 11,1 Kuchkarova, Qurbonov 2013.
  12. YouTube logotipi Ingichka ichakning tuzilishi YouTubeda
  13. YouTube logotipi Duodenum. Jejenum. Ileum. Oʻn ikki barmoq ichak. Och va yonbosh ichaklar YouTubeda
  14. Ilyosov 2002, s. 313.
  15. Abraham L. Kierszenbaum. Histology and cell biology: an introduction to pathology. St. Louis: Mosby, 2002. ISBN 978-0-323-01639-1. 
  16. YouTube logotipi Yoʻgʻon ichak. Intestinum crassum YouTubeda
  17. Aminov, Tilavov, Mavlonov 6-nashr 2019.
  18. Sarna, S.K. „Introduction“, . Colonic Motility: From Bench Side to Bedside. San Rafael, California: Morgan & Claypool Life Sciences, 2010. ISBN 9781615041503. 
  19. Mowat, Allan M.; Agace, William W. (2014-10-01). "Regional specialization within the intestinal immune system". Nature Reviews. Immunology 14 (10): 667–685. doi:10.1038/nri3738. ISSN 1474-1741. PMID 25234148. 
  20. Helander, Herbert F.; Fändriks, Lars (2014-06-01). "Surface area of the digestive tract - revisited". Scandinavian Journal of Gastroenterology 49 (6): 681–689. doi:10.3109/00365521.2014.898326. ISSN 1502-7708. PMID 24694282. 
  21. Flannigan, Kyle L.; Geem, Duke; Harusato, Akihito; Denning, Timothy L. (2015-07-01). "Intestinal Antigen-Presenting Cells: Key Regulators of Immune Homeostasis and Inflammation". The American Journal of Pathology 185 (7): 1809–1819. doi:10.1016/j.ajpath.2015.02.024. ISSN 1525-2191. PMID 25976247. PMC 4483458. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4483458. 
  22. Sánchez de Medina, Fermín; Romero-Calvo, Isabel; Mascaraque, Cristina; Martínez-Augustin, Olga (2014-12-01). "Intestinal inflammation and mucosal barrier function". Inflammatory Bowel Diseases 20 (12): 2394–2404. doi:10.1097/MIB.0000000000000204. ISSN 1536-4844. PMID 25222662. 
  23. Furusawa, Yukihiro; Obata, Yuuki; Fukuda, Shinji; Endo, Takaho A.; Nakato, Gaku; Takahashi, Daisuke; Nakanishi, Yumiko; Uetake, Chikako et al. (2013). "Commensal microbe-derived butyrate induces the differentiation of colonic regulatory T cells". Nature 504 (7480): 446–450. doi:10.1038/nature12721. PMID 24226770. 
  24. Knight, Judson. Science of Everyday Things: Real-life biology. Gale, 2002. ISBN 9780787656348. 
  25. Martens, H. Barg, M. Warren, D. Jah, J.-H. (2002-03-01). "Microbial production of vitamin B 12". Applied Microbiology and Biotechnology 58 (3): 275–285. doi:10.1007/s00253-001-0902-7. ISSN 0175-7598. PMID 11935176. http://link.springer.com/10.1007/s00253-001-0902-7. 
  26. „Are You Getting Enough Vitamin B12? What You Need to Know“ (en). Yale Medicine. Qaraldi: 2024-yil 23-noyabr.
  27. Azzouz, Laura L.; Sharma, Sandeep (31 July 2023). Physiology, Large Intestine. StatPearls Publishing. PMID 29939634. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK507857/#:~:text=The%20large%20intestine%20has%203,toward%20the%20rectum%20for%20elimination.. Qaraldi: 24 March 2024. Oshqozon-ichak trakti]]