Yuri Alberto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Yuri Alberto Monteiro da Silva
Tugʻilgan sanasi (2001-03-18) 18-mart 2001-yil (21 yosh)
Tugʻilgan joyi São José dos Campos, Brazil
Boʻyi 1.82 m
Pozitsiyasi hujumchi
Hozirgi jamoasi Corinthians
Klublardagi faoliyati
Mavsum Jamoa    Oʻyin Gol
2017-2020 Santos 27 (3)
2020-2022 Internacional 56 (22)
2022- Zenit Saint Petersburg 11 (4)
2022- Corinthians (ijara) 19 (8)
Milliy terma jamoada
2017 Braziliya U17 12 (6)
2020- Braziliya U23 2 (0)

Yuri Alberto Monteiro da Silva (talaffuzi: Yuriy Alberto Monteyro da Silva) — braziliyalik futbolchi Rossiyaning „Zenit“ klubi futbolchisi boʻlib, „Corinthians Paulista“da ijara asosida toʻp suradi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Santos“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilning 17-noyabrida „Bahia“ga qarshi o‘yinda u Braziliya A seriyasida debyut qildi[1]. 2018-yil 7-mart kuni Paulista ligasi doirasida „Gremio Novurizontino“ga qarshi o‘yinda u „Santos“ safidagi ilk golini urdi[2]. 2020-yilda u „Internacional“ga oʻtdi va 16-avgust kuni „Fluminense“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[3]. 15-oktabr kuni „Sport Resifi“ga qarshi bahsda u „Internasional“ uchun birinchi golini urdi[4]. 2021-yil 21-yanvarda „San-Pauluga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etdi[5]. Libertadores kubogi-2021da Yuriy Alberto Paragvayning „Olimpia“ va Venesuelaning „Deportivo Tachira“ darvozalariga uchta gol urdi[6][7][8].

2022-yilning 30-yanvarida u Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga oʻtdi[9]. Shartnoma 5 yilga imzolandi[10][11]. 28-fevral kuni „Rubin“ga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qildi[12]. Oʻsha oʻyinda u klub uchun birinchi golini urdi.

2022-yil 29-iyun kuni „Zenit“ Yuri Albertoning „Corinthians Paulista“ga ijaraga o‘tganini eʼlon qildi[13].

2022-yilning 18-avgust kuni Youri Alberto yangi jamoasi uchun ilk gollarini urdi. Braziliya kubogi bahsida hujumchi „Atletico Goyaniense“ ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Birinchi oʻyinda 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, javib oʻyindagi 4:1 hisobidagi gʻalaba evaziga „Corinthians“ toʻplar farqi bilan turnirning yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi[14].

Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yuriy Alberto Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Paragvay, Argentina, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15][16][17]. Argentina va venesuelaliklarga qarshi janglarda u gol urdi.

Oʻsha yili Yuriy Alberto Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shimoliy Koreya, Germaniya, Angliya va Mali bilan oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19][20][21]. Maliliklarga qarshi bahsda gol urdi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir Liga Mamlakat Natija Oʻyin Gol
2017-yilgi Janubiy Amerika chempionati U-17  Chili Chempion 4 2
Jahon chempionati-2017 U-17  Hindiston Uchinchi o'rin 4 1
2020-yilgi Janubiy Amerika olimpiada oldi turniri U-23  Kolumbiya Ikkinchi 2 0

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Mamlakat chempionati Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Santos F. C.Braziliya bayrogʻi Braziliya 2017 2 0 - - - - - - 2 0
2018 9 0 4 1 2 1 1 0 16 2
2019 0 0 2 0 - - - - 2 0
2020 0 0 3 1 - - 2 0 5 1
Jami 11 0 9 2 2 1 3 0 25 3
S. C. InternacionalBraziliya bayrogʻi Braziliya 2020 23 10 - - 3 1 3 0 29 11
2021 30 11 13 4 2 0 7 3 52 18
2022 0 0 1 1 - - - - 1 1
Jami 53 21 14 5 5 1 10 3 82 30
Zenit de San PetersburgoRossiya bayrogʻi Rossiya 2021-22 11 4 - - 2 2 2 0 15 6
Jami 11 4 - - 2 2 2 0 15 6
S. C. CorinthiansBraziliya bayrogʻi Braziliya 2022 12 4 - - 4 3 2 0 18 7
Jami 12 4 0 0 4 3 2 0 18 7
Umumiy karyerasida 87 29 23 7 13 7 17 3 140 46

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Баия VS. Сантос 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 17-noyabr).
  2. „Гремио Новуризонтино VS. Сантос 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 7-mart).
  3. „Флуминенсе VS. Интернасьонал 2:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 16-avgust).
  4. „Спорт Ресифи VS. Интернасьонал 3:5“ (en). soccerway.com (2020-yil 15-oktyabr).
  5. „Сан-Паулу VS. Интернасьонал 1:5“ (en). soccerway.com (2021-yil 21-yanvar).
  6. „Олимпия Асунсьон VS. Интернасьонал 0:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 21-may).
  7. „Интернасьонал VS. Олимпия Асунсьон 6:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 6-may).
  8. „Интернасьонал VS. Депортиво Тачира 4:0“ (en). soccerway.com (2021-yil 28-aprel).
  9. „Inter acerta a venda antecipada de Yuri Alberto ao FC Zenit“ (pt). Site oficial do SC Internacional de Porto Alegre (2022-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  10. „Юри Алберто — в «Зените»!“. Официальный сайт ФК «Зенит» (2022-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  11. „Лучший бомбардир Бразилии последних двух сезонов: что нужно знать о Юри Алберто“. Официальный сайт ФК «Зенит» (2022-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  12. „Зенит Санкт-Петербург VS. Рубин Казань 3:2“ (en). soccerway.com (2022-yil 28-fevral).
  13. „«Зенит» и «Коринтианс» достигли соглашения о двусторонней аренде игроков“. fc-zenit.ru (2022-yil 29-iyun). 2022-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „pós hat-trick, Yuri Alberto relembra início em São José dos Campos: “Comecei como volante”“ (pt). Globo (2022-yil 18-avgust). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  15. „Бразилия (до 17) VS. Парагвай (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-mart).
  16. „Бразилия (до 17) VS. Венесуэла (до 17) 4:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-mart).
  17. „Чили (до 17) VS. Бразилия (до 17) 0:5“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-mart).
  18. „Северная Корея (до 17) VS. Бразилия (до 17) 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 10-oktyabr).
  19. „Германия (до 17) VS. Бразилия (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-oktyabr).
  20. „Бразилия (до 17) VS. Англия (до 17) 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 25-oktyabr).
  21. „Бразилия (до 17) VS. Мали (до 17) 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-oktyabr).