Kontent qismiga oʻtish

Yurii Lubkovych

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yurii Lubkovych
Юрій Лубкович
Tavalludi
Yurii Olehovych Lubkovych

31-may 1989-yil
Vafoti 18-yanvar 2023-yil(2023-01-18)
(33 yoshda)
Brovary, Kyiv Oblast, Ukraine
Fuqaroligi Ukraina
Kasbi Diplomat


Yurii Olehovych Lubkovych (ukraincha: Юрій Олегович Лубкович; 1989-yil 31-may – 2023-yil 18-yanvar) – Ukrainalik diplomat, 2021-yildan 2023-yil vafotigacha Ichki ishlar vazirligi Davlat kotibi lavozimida faoliyat olib borgan[1][2].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lubkovych 2010-yilda Gollandiyaning Rotterdam Erasmus universitetini tamomlagan (majoring in business). Gʻarbiy Ukraina Milliy universitetida 2010-yilda menejment boʻyicha bakalavr, 2011-yilda esa tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish boʻyicha magistr darajasini olgan[1][2].

Yurii 10 yil davomida davlat xizmatida faoliyat yuritgan. Ukraina Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatida va Oliy Rada apparatida boshqaruv lavozimlarida ishlagan[3].

Lubkovych Kanada hukumati kotibiyati hamda Singapurdagi Nanyang Technological University da davlat menejerlari uchun maxsus oʻquv kurslarida qatnashgan[4].

Lubkovych, ichki ishlar vaziri Denys Monastyrsky va ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Yevhen Yenin bilan birga 2023-yil 18-yanvar kuni poytaxt Kiyev ning sharqiy chekkasida joylashgan Brovarydagi vertolyot qulashi oqibatida halok boʻlgan. Vertolyot halokatga uchragan paytda bolalar bogʻchasiga borib urilgan, halok boʻlganlar orasida bir bola ham boʻlgan. Yana kamida 25 kishi jarohatlangan[5].