Yuriy Gavrin
Yuriy Vasilevich Gavrin | |
Belarus rassomi Yuriy Vasilevich Gavrin (1943—2016) | |
Tavalludi | 1943-yil 17-yanvar Ziyadin, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti | 2016-yil 12-avgust Minsk, Belarusiya |
Oqim | realizm, syurrealizm |
Yuriy Vasilevich Gavrin (17-yanvar 1943-yil, Ziyadin, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR — 2016-yil 12-avgust, Minsk) – belarus rassomi, haykaltarosh.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gavrin ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng onasi bilan Oʻzbekistondan Vitebsk viloyatining Dubrovno shahriga koʻchib oʻtgan[1]. Yuriy Gavrin 1966-yilda Minsk rassomlik maktabini, 1972-yilda Belarus teatr va rassomlik institutining monumental va dekorativ sanʼat boʻlimini tamomlagan. Gavrin 1965-yildan badiiy koʻrgazmalarda qatnasha boshlagan. 1978-yilda BSSR Rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. U monumental-dekorativ sanʼat sohasida ishlagan. 13 yil davomida A.M.Shirokov nomidagi Zamonaviy bilimlar institutida rasm va chizmachilik fanidan dars bergan, 2011-yildan esa dotsent ilmiy unvonini qoʻlga kiritgan[2].
2003-yildan Dubrovno shahrining faxriy fuqarosi.
Yuriy Gavrinning qizi Lada Stefanovich ham rassomchilik va haykaltaroshlik kasbini egallagan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Minsk davlat tibbiyot instituti binosi uchun „Tibbiyot“ kartinasi (1966), Vitebskdagi Yakub Kolas nomidagi Belarus teatri uchun vitrajlar (1988), Gomeldagi Prabudbank va Milliy bank binolari (1989), Minskdagi Markaziy kinoteatr (1990), Moskvadagi Rossiya Mudofaa vazirligi binosi (1993) bezaklari Yuriy Gavrin ijodiga mansub.
Rassomning asarlari Belarus milliy sanʼat muzeyi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyi, Minskdagi Maksim Bogdanovich nomidagi adabiyot muzeyi va Belarus Rassomlar uyushmasi fondlarida saqlanadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Tasviriy sanʼatdagi xizmatlari uchun“ medali
- „Belarus madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni
- Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining „Belarus Respublikasining madaniy yutuqlarini xorijiy mamlakatlarda targʻib qilishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun“ faxriy yorligʻi.
Koʻrgazmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1. 2008-yil – „Тэмпера“, rassomning 65 yilligiga bagʻishlangan yubiley koʻrgazmasi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyida oʻtkazilgan[3]
2. 2012-yil – „Акно маёй душы“, „La-Sandre art“ galereyasi, Minsk[4]
3. 2013-yil – „Дняпроўскія галасы ў Дуброўне“ 20-qoʻshiq va musiqa festivali doirasidagi shaxsiy koʻrgazma[5]
4. 2017-yil – yodgorlik koʻrgazmasi, Sanʼat saroyi, Minsk.
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
2013-yil 12-yanvarda Belorus milliy muzeyi ochilishida: Yuriy Gaurin, Boris Lutsenko, Larisa Finkelshteyn, Genadz Buraukin, Pavel Semchanka, Natalya Sharangovich
-
Aleksandr Grishkevich bilan Belarus zamonaviy san'at muzeyining ochilishida, 2013-yil 12-dekabr
-
Yuriy Gavrin qizi Lada Stefanovich bilan 2014-yil 18-iyunda Minsk san'at saroyidagi ochilishda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ В Минске открылась выставка художника Юрия Гаврина (rus.)
- ↑ „BelArtUnion. Выстаўка памяці мастака і педагога Юрыя Гаўрына“. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
- ↑ [1][sayt ishlamaydi]Baris Krepak „U poshukax zyamnoga rayu“, kimpress.by
- ↑ "-v-minske ctv.by „Akno mayoy dushi“[sayt ishlamaydi]
- ↑ Ganaroviya gramadzyane gorada Dubrooʻna[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Літаратура і мастацтва». „Па месяцавай дарожцы, альбо «Такога Гаўрына мы не ведалі»“ (be). Qaraldi: 2017-yil 10-dekabr.