Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Izrael

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Izrael
Tavalludi 15-may 1930-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 23-yanvar 2014-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi Fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Yuriy Antoniyevich Izrael – sovet va rus meteorologi, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi (1994, 1974-yildan beri SSSR Akademiyasi muxbir aʼzosi). CNN maʼlumotlariga koʻra, Vladimir Putinning prezidentlik davridagi eng nufuzli ilmiy maslahatchisi boʻlgan[1], ammo Izraelning oʻzi bu bayonotni rad etgan[2].

Izrael 19691972-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Amaliy geofizika institutiga va 19741991-yillarda SSSR Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish davlat qoʻmitasiga (1978-yilgacha SSSR Vazirlar Soveti Gidrometeorologiya xizmati bosh boshqarmasi) rahbarlik qilgan. Yuriy19902011-yillarda Global iqlim va ekologiya instituti (Roshidromet va RAS IGCE) asoschisi va birinchi direktori boʻlgan.

U Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo komissiya raisining oʻrinbosari[3] va WMO vitse-prezidenti ham boʻlib faoliyat yuritgan.

SSSR Oliy Kengashi deputati (19791989), KPSS aʼzosi (19811990).

Yuriy Antoniyevichning xotiralariga koʻra, uning otasi Antoniy Ivanovich Izrael Estoniyada Vilyandi shahri yaqinida tavallud topgan, millati eston boʻlgan. 1914-yilda Birinchi jahon urushiga ketgan va inqilobdan keyin harbiy tibbiyot institutini tamomlagan. Petrograd akademiyasida shifokor boʻlib ishlagan. Antoniy Ivanovich 1932-yilda kasallik tufayli demobilizatsiya qilingan va Oʻrta Osiyo Davlat universitetida ish boshlagan. Qisqa muddatda odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasini boshqargan. Onasi, Antonina Stepanovna Shatalina, millati rus boʻlgan. 1925-yilda Saratov universitetini tugatgandan soʻng, Toshkentda ish boshlagan. Keyinchalik Antonina Shatalina Oʻrta Osiyo davlat universitetida ishlagan va 1944-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildan. Antoniy Izrael rahbarlik qilgan kafedrada professor lavozimida ishlagan[4].

Izrael Chernobil AESdagi avariya vaqtida Gidrometeorologiya davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Shuningdek, uning rahbarligi davrida SSSRda havoning ifloslanishi misli koʻrilmagan darajaga yetgani uchun tanqidlarga uchradi. 2004-yilda „Nature“ jurnalida chop etilgan maqolada Quirin Schiermeier va Bryon MacWilliams Yuriyni „qazib olinadigan yoqilgʻi kommunisti“ deb atashgan.

Bibliografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

400 dan ortiq ilmiy ishlar[5], shu jumladan 24 ta monografiya yozgan. Ulardan yettitasi xorijiy tilga tarjima qilingan va nashr etilgan[6].

  1. Novak, Robert „The Russian didn't bark“ (en). CNN. 2012-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Why Did IPCC’s Yuri Izrael Speak at the Anti-IPCC Conference In New York?“. 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-sentyabr.
  3. „Кто есть кто в IPCC“. 2009-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-sentyabr.
  4. Израэль 2009.
  5. „Институт глобального климата и экологии Росгидромета и РАН“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  6. „Медведев назвал уход из жизни академика РАН Израэля невосполнимой потерей / Новости культуры / Tvkultura.ru“. 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.