Yuriy Kaplan
Yuriy Kaplan Юрій Каплан | |
---|---|
Tavalludi |
1988-yil 2-oktyabr |
Kasbi | Qoʻshiqchi, shoir, kompozitor, |
Fuqaroligi | SSSR→ Ukraina |
Yuriy Gennadiyevich Kaplan (ukraincha: Юрій Генадійович Каплан, 1988-yil 2-oktyabrda tugʻilgan, Zaporojye) – ukrainalik qoʻshiqchi, shoir, YouTubeʼda shou-biznes yulduzlariga hazil-mutoyiba videomurojaatlari paydo boʻlganidan soʻng mashhurlikka erishgan. „Valentin Strykalo“ guruhining yetakchisi hisoblanadi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Kaplan 1988-yil 2-oktyabrda Zaporojye shahrida tavallud topgan. U mahalliy 105-litseyni tugatgach, Vadim Getman nomidagi Kiev milliy iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetiga oʻqishga kirgan va 2010-yilda ushbu oliy oʻquv yurtini tamomlagan[1][2]. Yuriydan besh yosh kichik Mark ismli ukasi bor[3][4].
Internetdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Kaplan oʻzining ilk videosini – Vyacheslav Malejikka yoʻllangan videomurojaatni – 2008-yil mart oyida YouTubeʼda „Burilsevo qishlogʻilik Valentin Strikalo“ taxallusi bilan eʼlon qilgan. Muallifning eʼtirof etishicha, bu video My Duck’s Vision studiyasining shunga oʻxshash roligidan taʼsirlanib suratga olingan. Ushbu rolikda studiyaning aktyorlaridan biri Sam Nikel ham Malejikka murojaat qilgan edi[5].
Yuriy keyinchalik Timati[6], Dima Bilan[7], Potap va Nastya Kamenskiy[8], Chay vdoem guruhi[9], MakSim[10], Timbalend[11], Sergey Zverev[12] ga qarata murojaatlarini ham yozgan. Dima Bilanga murojaat qilingan videoning koʻrishlar soni 3 milliondan, Timatiga murojaat qilingan videoning koʻrishlar soni esa 1 milliondan oshib ketdi. Strykaloning YouTubeʼdagi estrada yulduzlariga qilingan murojaatlarining umumiy koʻrishlar soni 6 milliondan oshdi.
"Valentin Strykalo" guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Valentin Strikalo" guruhi 2010-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga quyidagilar kirgan: Yuriy Kaplan (vokal, akustik gitara), Yevgeniy Ilin (bas-gitara), Yevgeniy Mitin (gitara) va Yevgeniy Seleznyov (barabanlar). 2011-yilda ikkita aʼzo guruhni tark etdi va ularning oʻrniga Anton Shchelkonogov (barabanlar) hamda Andrey Tropeshko (gitara) keldi. Ushbu yangi tarkib bilan jamoa oʻzining ilk albomi ustida ish olib bordi.
Jamoaning 2012-yil 24-fevralda „Smiris i rasslabsya!“ nomli debyut albomi chiqarildi. 2013-yilning qish mavsumida „Knopka“ qoʻshigʻi internetga joylandi. 2013-yil 20-oktyabrda guruhning „Chast chego-to bolshego“ deb nomlangan ikkinchi albomi chiqdi. Bu albomga konsertlarda oldin ijro etilgan yangi hamda allaqachon tanilgan qoʻshiqlar kiritilgan edi.
„Valentin Strykalo“ guruhi MDH mamlakatlarida faol gastrollarda boʻlib, yuzdan ortiq konsertlar berdi[13][14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Быть Валентином Стрыкало“. TOP 10 (2008-yil 7-dekabr). 2014-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Valentin Strikalo vistupit s konsertom v Sankt-Peterburge (Wayback Machine saytida 2024-10-08 sanasida arxivlangan), Velikaya Epoxa (22 dekabrya 2011)
- ↑ Миколюк, Владислава. „Интернет-герой Валентин Стрыкало: «Мне стыдно перед родителями за свои песни с матами»“. «Комсомольская правда» в Украине (2011-yil 21-iyun). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-yanvar.
- ↑ Буланова, Ольга. —-дешевый-с убогой-картинкой-с непонятным-человеком-в кадре» „Идеальный вирусный ролик — дешевый, с убогой картинкой, с непонятным человеком в кадре“. Billboard Россия 3 (2011-yil 9-dekabr). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-yanvar.
- ↑ Рогоза, Александр. „Юрий Каплан, солист группы «Валентин Стрыкало»: «Гонорара первого концерта хватило, чтобы поесть и вернуться домой»“. Радио «Комсомольская правда». kp.ru (2013-yil 12-mart). 2013-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Обращение к Тимати“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Обращение к Диме Билану“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Обращение к Потапу и Насте Каменских“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Обращение к группе "Чай Вдвоем"“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Обращение к певице Максим“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Appeal to Timbaland“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ „Обращение к Сергею Звереву“ (ru-RU). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-dekabr.
- ↑ Белинская, Юлия. „Мальчик из сети“. Forbes Украина (2012-yil 29-dekabr). 2013-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-yanvar.
- ↑ Ли, Василиса. „«Валентин Стрыкало» о своем новом альбоме: «Юмора будет предостаточно. Каждый любит вуаль»“. Комсомольская правда (2013-yil 19-oktyabr). 2014-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-yanvar.