Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Majorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuriy Majorov
Tavalludi 20-avgust 1921-yil
Toshkent, Turkiston ASSR
Vafoti 14-fevral 2019-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qoʻshin turlari Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari
Xizmatdagi yillari 19401985

Yuriy Nikolayevich Majorov (20-avgust 1921-yil – 14-fevral 2019-yil) sovet va rossiyalik olim, texnika fanlari nomzodi, general-mayor (1970), NPO „Palma“ bosh direktori, Lenin (1976) va SSSR Davlat mukofotlari laureati (1967, 1982).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Nikolayevich Majorov 1921-yilda birinchi jahon va fuqarolar urushi qatnashchisi Nikolay Majorov va sayohat yoʻl boshlovchisining qizi Mariya Yegorova oilasiga tavallud topgan.

Majorov 1940-yil oktyabr oyida Qizil Armiya safiga chaqirildi. U 490-boʻlim radio boʻlinmasida xizmat qilgan. 1-darajali razvedkachi radio operatori malakasiga sazovor boʻlgan.

1941-yil oktyabrdan Ulugʻ Vatan urushi frontida va Moskva jangida qatnashgan. Yuriy radio razvedka ishlari bilan shugʻullangan va dushman radio xabarlarini tutgan. 1942-yil boshida aloqa punkti boshligʻi etib tayinlandi. Kichik leytenant Majorov 1942-yil avgustda 1-boʻlim radiopolkining (Gʻarbiy front) 3-boʻlinmasi aloqa markazining boshligʻi etib tayinlangan[1].

Keyinchalik Ukraina, Polsha ozod etilishida, Korsun-Shevchenkov operatsiyasida ishtirok etgan. 1945-yil 10-mayda Pragadagi urushni tugatgan.

Yuriy Majorov 1948-yilda S. M. Budenniy nomidagi harbiy aloqa akademiyasining radiolokatsiya fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 1953-yilda tugatgan. Akademiyani tugatgandan soʻng mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot institutlaridan birida ishlagan.

1976-yilda „Celina“ radiotexnika razvedka tizimini yaratishda ishtirok etganligi uchun Lenin ordeniga sazovor boʻlgan.

Yuriy Nikolayevich 1961-yildan boshlab Markaziy radiotexnika ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan, 1968-yilda esa uni boshqargan. 1970-yilda unga general-mayor unvoni berildi. 1979-yilda „Palma“ NNTga boshchilik qilgan[2]. General-mayor 1985-yilda isteʼfoga chiqqan.

Yuriy Majorov hayoti davomida 24 ta mualliflik guvohnomasini olgan. U bir necha bor Germaniya va Shimoliy Koreya, Kuba va Vetnam, Afg'oniston va Suriya kabi davlatlarga sayohat qilgan. „Pogonya za „yastrebinim glazom“. Sudba generala Majorova“ kitobi muallifidir.

Yuriy 2019-yil 14-fevralda 98 yoshida vafot etgan[3].

Yuriy Majorova Tatyana Konstantinovna (1921–1989) bilan oila qurgan. Rafiqasi buyuk Vatan urushi qatnashchisi, radio-razvedkachi va pedagog boʻlib ishlagan. Ularning ikki nafar farzandi bor. Oʻgʻli Valeriy Yuryevich (1950), muhandis-radiist va zaxira podpolkovnigi va qizi Larisa Yuryevna (1954), muhandis-iqtisodiyotchi boʻlgan. Yuriyning uch nafar nabirasi bor.

  1. „МАЖОРОВ Юрий Николаевич (1921-2019)“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  2. „Рождение одного изобретения“. www.computer-museum.ru. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  3. „Юрий Николаевич Мажоров“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.