Yuriy Stulov
Toʻliq ism | Yuriy Yevgenievich Stulov | ||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan yili | 27-may 1936-yil Moskva, SSSR | ||||||||||||||||||||||||
Vafoti | 1980-yillarning boshlari | ||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | SSSR | ||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | Himoyachi, yarim himoyachi | ||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||
Yuriy Yevgenievich Stulov (1936-yil 27-may, Moskva – 1980-yillar boshi[1]) – sovet futbolchisi, himoyachi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻillangan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U futbol oʻynashni 1950-yilda Moskvaning Spartak klubiga qarashli bolalar jamoasida boshlagan. 1950-yillarning oʻrtalarida u Ukrainaga koʻchib oʻtdi. 1956-yilda Osipenkoning „Energiya“ jamoasi uchun respublika chempionatida, 1957-yilda Zaporojyening „Metallurg“ jamoasida SSSR „B“ ligasi toifasida ishtirok etgan. Keyingi mavsumning birinchi yarmini „A“ toifasidagi "Shaxtyor" Stalino jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Shu yilning mavsum oʻrtalariga kelib Toshkent Jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirdi va 1959-yilgacha Toshkentning „Mehnat zahiralari“ jamoasi tarkibida „B“ toifasida toʻp surgan. Bu davr muobaynida Yuriy jamoa sardori boʻlgan. 1960—1964-yillarda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, chempionatda 135 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
1969 yilda Kokchetavning „Torpedo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 1970-yillar oxirida Zaporojyeda futbol murabbiyi boʻlib ishlagan.
U qirq yoshida peritonit kasalligidan vafot etdi.