Kontent qismiga oʻtish

Yusuf Amiriyning "Dahnoma" asari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

“Dahnoma” – Yusuf Аmiriyning asari. 1429–1430-yillarda temuriy hukmdor Boysungʼur Mirzo rahnamoligida yaratilgan[1].

Muallif haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amiriy, Yusuf Amiriy (15-asr, Hirot) — Temuriylar davri turkiy shoiri.

Boysunqur Mirzo himoyasida yashagan. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. Alisher Navoiy „turk erdi va turkcha sheʼri yaxshi voqe boʻlibtur“ („Majolis un-nafois“) deb yozsa, Davlatshoh Samarqandiy „Shohrux davrida katta shuhrat qozondi“ („Taz-kirat ush-shuaro“) deb taʼriflaydi. Amiriyning turkiydagi bir devoni hamda „Dahnoma“, „Chogʻir va Bang munozarasi“ asarlari yetib kelgan. Forsiydagi asarlaridan 2 baytgina maʼlum: biri „Majolis un-nafois“, ikkinchisi Yaqiniyning „Oʻq va yoy munozarasi“da saqlangan. Devoniga kirgan sheʼrlarida shoir hayot haqida chuqur falsafiy fikr yuritadi, ishq-muhabbatni ulugʻlaydi („Ey koʻza…“, „Telbaman“, „Ey koʻngul“ va boshqalar). „Chogʻir va Bang munozarasi“ bilan munozara janri imkoniyatlarini boyitdi. Ubayd Zakoniy taʼsirida yozilgan bu asarda amal-dorlarning salbiy axloqiy-maʼnaviy qiyofalari, hislatlari hajv qilinadi, adovat, johillik, oʻzaro qirgʻin urushlar qoralanadi. A. „Dahnoma“ (1429) asari bilan noma janrini rivojlantirdi. Bu devon nusxasi Turkiyada, „Dahnoma“, „Chogʻir va Bang …“ nusxalari Britaniya muzeyida, fotonusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik va Qoʻlyozmalar institutlarida saqlanadi.

Yusuf Amiriyning uygʻur va arab yozuvli qoʻlyozmasi yetib kelgan. uning uygʻur yozuvli qoʻlyozmasini Zaynu-l-Obidin baxshi koʻchirgan. Hozir Istanbuldagi Toʻpqopi saroyi kutubxonasida saqlanmoqda.(2172-koʻrsatgichli qoʻlyozma) Qoʻlyozmada asarning yigirma uch bayti berilgan xolos. Uning koʻchirilgan davri ma'lum emas. Zaynu-l-Obidin baxshining yashagan davriga qarab, bu qoʻlyozma ham Samarqandda koʻchirilgan deyish mumkin[2].

“Dahnoma” noma janrida bitilgan boʼlib, 907 baytdan tashkil topgan. Аsar muqaddima, 10 noma va xotimadan iborat. Har bir noma oshiq va maʼshuqaning maktubini oʼz ichiga oladi. Nomalardan soʼng keyingi nomadan avval gʼazal va fard keltiriladi va shu tariqa har bir noma alohida mustaqil asarday taassurot qoldiradi. “Dahnoma” Xorazmiyning “Muhabbatnoma”siga javob tarzida vujudga kelgan. Аlisher Navoiy “Majolis un-nafois”da Yusuf Аmiriyga bagʼishlangan bobda asardan quyidagi baytni keltiradi:

Ne yemakdin, ne uyqudin solib soʼz, Yemakdin toʼyub uyqudin yumub koʼz[3].

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. Sodiqov, Qosimjon. XIV-XVI yuzyilliklarning yozma yodgorliklari. Toshkent: akademnashr, 2020 — 72-bet. 
  3. "Majolis un-nafois".