Yusufboy madrasasi
Madrasa | |
Yusufboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Yusufboy |
Homiylar | Muhammad Yusufboy |
Binokorlik | 1857-yillar—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 11 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Yusufboy madrasasi — Samarqand madrasasi. Yusufboy madrasasi Samarqand qal’asi devori tashqarisida Mirzo Xudoyquli guzarida joylashgan boʻlgan. Hijriy 1274-yil (1857) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Dargoh 11 hujra, darvozaxona va darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasada 1 ta mudarris 22 nafar talabaga dars bergan. Yusufboy madrasasida 1 nafar meshkobchi, 1 nafar farrosh, 1 nafar sartarosh faoliyat koʻrsatgan. Madrasa 1 nafar mutavvali tomonidan boshqarilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaga oid koʻplab vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Dastlabki vaqf vaqf hujjati 1857-yilda rasmiylashtirilgan boʻlib, Samarqand viloyatida yashovchi Muhammad Yusufboy oʻz mulkini madrasa uchun vaqf qilgan. Madrasa hujralari barchasi pishiq gʻishtdan, darvozaxona tepasidagi bitta hujra choʻpkori boʻlgan. Madrasa gʻarbi guzar masjidi, shimolida masjid sahni, sharqida va janubida omma yoʻli mavjud boʻlgan. Muhammad Yusufboy bundan tashqari suvli uychasi bor tahoratxona va gʻuslxona qurib, unga vaqf mulklari ajratadi. Bundan tashqari oʻtinxona ham qurdirgan. Mazkur madrasa uchun voqif Shavdor tumaniga qarashli Baxshitepa mavzesida besh boʻlakdan iborat 163 tanob yerni vaqf qiladi. Bundan tashqari voqif madrasa uchun Qoʻshqoʻrgʻon mavzesidagi yerlari va madrasa joylashgan guzardagi 5 ta doʻkonni vaqf qilgan. Mazkur mulklarga Muhammad Yusufboy yosh oʻgʻli Dovudboyni mutavvali etib tayinlaydi. Mutavvali vaqf yerlaridan ushr oladi. Mazkur vaqf hujjati Buxoro amiri Amir Nasrulloxon muhri bilan tasdiqlangan[1]. N. P. Ostroumov maʼlumotlariga koʻra madrasa hijriy 1851-yil qurilgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yusufboy madrasasi 11 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.