Kontent qismiga oʻtish

Złocieniec

Koordinatalari: 53°31′37″N 16°0′44″E / 53.52694°N 16.01222°E / 53.52694; 16.01222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Złocieniec
Skyline of Złocieniec
Złocieniec
Bayroq
Złocieniec
Gerb
53°31′37″N 16°0′44″E / 53.52694°N 16.01222°E / 53.52694; 16.01222
Mamlakat Polsha
Asos solingan 1333-yil
Maydon 32.22 km2 (12.44 kv mi)
Aholisi
 (2006-yil)
13 377 kishi
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1
Pochta indeks(lar)i 78-520
Złocieniec xaritada
Złocieniec
Złocieniec

Złocieniec [zwɔˈt͡ɕeɲet͡s] (kashubiancha:Walczembórg; eski nemischa: Falkenburg ) — Polshaning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar. 1999-yildan beri Gʻarbiy Pomeraniya voyevodeligining Dravsko okrugi hududida joylashgan boʻlib, u ilgari Kozalin voyevodeligining bir qismi boʻlgan (1950—1998). Złocieniec aholisi taxminan 12 000 kishini tashkil qiladi — shuning uchun u okrugdagi eng katta shahar (powiat) hisoblanadi.

Shaharning rasmiy veb-saytida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda shahar hududida qishloq joylashganligi va Gʻarbiy Pomeraniya hududi VI-VIII asrlarda slavyanlar tomonidan oʻzlashtirib olinganligi aytiladi. Bu hudud birinchi Polsha hukmdorlari Mieszko I va Boleslav I hukmronligi davrida Polsha tarkibiga kiritilgan. XIII asrda u Polshaning parchalangan viloyati boʻlgan Buyuk Polsha Gertsogligining eng shimoliy hududi boʻlgan. Shahar huquqi berilganda, shaharning nemis aholisi orasida tarqatib yuborilgan Budov va Strzeblov qishlogʻining slavyanlari ham boʻlgan boʻlishi mumkin[1]. Shahar huquqi 1333-yil 13-dekabrda aka-uka von Wedel tomonidan berilgan[1]. 1373-yildan Zlocienec Lyuksemburg sulolasi tomonidan boshqariladigan Bogemiya toji (yoki Chexiya yerlari)ning eng shimoliy shaharlaridan biri hidoblangan. 1402-yilda Lyuksemburglar Krakovda Polsha bilan kelishuvga erishadilar. Polsha Złocieniec va uning atrofini sotib olishi va qayta birlashtirishi kerak edi[2], lekin oxir-oqibat Lyuksemburglar shaharni Tevton ordeniga sotadilar. Polsha-Tevton urushi paytida (1431—1435) Zlocienec Polshaga qoʻshilish buyrugʻiga qarshi isyon koʻtaradi, ammo Bjeść Kujawski tinchlik shartomasidan soʻng, shahar jazosiz qolish kafolatini olgandan keyin, Polsha qirolini qonuniy hukmdor deb tan oladi[3]. Polsha bilan birga Tevtonik ritsarlar hukmronligiga qaytariladi[4], ammo maʼlum boʻlishicha, bu qisqa vaqtga — faqat 1454-yilgacha davom etgan.

1668-yilda shahar yongʻin tufayli deyarli butunlay vayron boʻldi[1]. XVIII asrda u Prussiya tarkibiga kiritildi va keyinchalik 1871-yildan 1945-yilgacha Germaniya tarkibida boʻlgan. Natsistlar Germaniyasi davrida 1934-yilda shahar yaqinida Ordensburg Krössinsee markazi qurilgan. Sturmabteilung bu yerda Kristallnacht paytida yahudiy aholisiga hujum qildi, keyinroq, Ikkinchi Jahon urushi paytida shahar yaqinida majburiy mehnat lageri tashkil etildi, undan 31 nafar polyak qochishga muvaffaq boʻlgan[1][5]. Ikkinchi Jahon urushi paytida fashistlar Germaniyasining muqarrar magʻlubiyatini hisobga olib, 1945-yil 2-martda jang qilish imkoniga ega boʻlmagan odamlarni evakuatsiya qilish buyurildi[1]. 5-mart kuni shahar birinchi Polsha armiyasi tomonidan bosib olindi[1]. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Potsdam konferensiyasiga koʻra, shahar ittifoqchilar tomonidan Polshaga topshirildi, polyaklar sharqdan koʻchirildi, qolgan nemislar esa gʻarbga haydaldi. 1945-yil 13-mayda Sovet Ittifoqi tomonidan qoʻshib olingan sobiq Sharqiy Polshadan chiqarib yuborilgan polyaklarning birinchi guruhi Baranovitse viloyatidan Zlocienetsga yetib keldi[1].

Aholi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zlocienecdagi Assotsiatsiya cherkovi
  • 1666-yil: 990 kishi
  • 1880-yil: 4 009 kishi[6]
  • 1925-yil: 5 529 kishi[6]
  • 1939-yil: 8 623 kishi[6]
  • 1950-yil: 7 550 kishi
  • 1960-yil: 8 400 kishi
  • 1970-yil: 10 200 kishi
  • 1975-yil: 11 500 kishi
  • 1980-yil: 12 000 kishi
  • 1990-yil: 18 000 kishi
  • 2000-yil: 22 000 kishi
  • 2005-yil: 28 000 kishi

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishda Złocieniec
Park Zubra (Wisent Park)

Taniqli aholi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Historia - Złocieniec“ (polyakcha). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  2. Leon Rogalski, Dzieje Krzyżaków oraz ich stosunki z Polską, Litwą i Prussami, poprzedzone rysem dziejów wojen krzyżowych, Vol. II, Warszawa, 1846, p. 59-60 (in Polish)
  3. Strzelce Krajeńskie. Studia i szkice historyczne, Strzelce Krajeńskie, 2016, p. 73 (in Polish)
  4. Strzelce Krajeńskie. Studia i szkice historyczne, Strzelce Krajeńskie, 2016, p. 75 (in Polish)
  5. Od pierwszej do ostatniej godziny drugiej wojny światowej: dzieje Polski i Polaków Czesław Łuczak 1995 page 80
  6. 6,0 6,1 6,2 verwaltungsgeschichte.de(olmoncha)
  7. IMDb Database retrieved 17 October 2018

Andoza:Gmina ZłocieniecAndoza:Pomerania