Kontent qismiga oʻtish

Zafarobod tumani

Koordinatalari: 40°24′25.2″N 67°44′20.4″E / 40.407000°N 67.739000°E / 40.407000; 67.739000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Zafarobod Tumanidan yoʻnaltirildi)
Zafarobod tumani
Зафарабадский район
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Zafarobod shahar
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2019-yili.) 150800 kishi
Zichligi 1km²10 kishi kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 52.151 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeksi 130700
Avtomobil raqami kodi 25
Xaritada
Zafarobod tumani xaritada
40°24′25.2″N 67°44′20.4″E / 40.407000°N 67.739000°E / 40.407000; 67.739000

Zafarobod tumani — Jizzax viloyati. 1973-yil 12-aprelda tashkil etilgan. Jan.da Jizzax tumani, shimoli.gʻarbda Arnasoy va Doʻstlik tumanlari, shimolida Forish tumani, sharqda Paxtakor tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,47 ming km2. Aholisi 150 ming kishi (2019). Zafarobod tumanida 2 shahar (Zafarobod, Chimqoʻrgʻon), 8 shaharcha fuqarolari yigʻini (Birlik, Yorqin, Lolazor, Timiryazev, Uchqahramon, Chimqoʻrgʻon, Hulkar,Choʻlgʻiston,Paxtaobod) bor. Markazi — Zafarobod shahri.

Zafarobod tumani hududi Mirzachoʻl dashtining gʻarbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik boʻlib, lyossimon qumoq va qumloqlardan iborat, bir qismi Nurota toglarining shimsharqiy etaklariga tutash. Iklimi kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26—28°, yanvarniki — 8,5°. Yiliga 250-280 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yer osti suvlari yuza, shoʻr va shoʻrtob. Yerlari Janubiy Mirzachoʻl kanalidan sugʻoriladi. Oqova shoʻr suvlarni chiqarib yuborish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi oʻsimliklar. Aholisi asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirgʻiz va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 85 kishi toʻgʻri keladi.

Tumanda 80 ta sanoat korxonasi: paxta tozalash zavodi, non yopish sexi, bosmaxona, „Bunyod“ ishlab chiqarish korxonasi, „Ulugʻbek“ xususiy ishlab chiqarish birlashmasi,qogʻoz ishlab chiqaruvchi zafar poligraf ham bor. Qishloq xoʻjaligida 17 shirkat xoʻjaligi va I ijara shirkat jamoasi mavjud. Mevasabzavot quritish, gilampoyondoz sexlari, makaron sexi, tegirmon, moyjuvoz, bichishtikish sexlari ishlab turibdi. Xoʻjaliklarda 11,5 ming qoramol, 37,2 ming qoʻyechki,123 ming bosh ot boqiladi.

Asosan, goʻsht, sut, mevasabzavot, poliz ekinlari, gʻalla yetishtiriladi. Zafarobod tumanida dehqon fermer xoʻjaliklari, xususiy va kichik korxonalar, tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatmoqda va turli xil gipermarketlar faoliyat koʻrsatmoqda. 115 dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 68000 oʻquvchi taʼlim olmoqsa. 2 ta litsey va gimnaziya mavjud. 34 kutubxona, 385 oʻrinli 8 kasalxona, 18 davolash ambulatoriyasi, 31 qishloq vrachlik shoxobchasi, 89 dorixona, 340 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat koʻrsatmoqda. Tuman hududidan Buyuk ipak yoʻli deb atalgan qad. karvon yoʻli oʻtgan. Ustrushona, Zomin, Pishogʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼalar qoldiqlari, qad. qabristonlar saqlangan. Tumanda Dashtobod temir yoʻl stansiyasi bor. Zomin — Toshkent, Zomin — Jizzax, Zomin — Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus qatnaydi. Tumanda „Sharq tonggi“ gaz. nashr etiladi (adadi 2000).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil