Kontent qismiga oʻtish

Zahona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zahona — Koʻhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining janubi-gʻarbida, Sherobod tumani hududida, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 m. Zahonaga maynoyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻl orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Zahonaga boradigan soʻqmoq yoʻl atroflari archazor oʻrmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil