Kontent qismiga oʻtish

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq muhaddis, Imom. (vaf. 827 yil).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq VIII-IX asrlarda Bag‘dod shahrida yashab ijod qilgan. U manbalarda Abu Yаhyo Taymiy deb ham keltirilgan.[1] Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq o‘z davrining mashur muhaddislaridan bo‘lgan. Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq Imom, ishonchli hofiz va faqih nomi bilan ham tanilgan.

Hammod ibn Yazid, Sharik, Abu Ahvas, Hushaym, Abdulloh ibn Muborak, Yаzid ibn Zari’, Ubaydulloh ibn Amr Ruqiy va shu tabaqotning boshqa vakillaridan hadis o‘rgangan.

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariqdan Imom Buxoriy, Ishoq ibn Rohavay, Ishoq ibn Kavsaj, Hajjoj ibn Shoir, Abu Muhammad Dorimiy, Ahmad ibn Ali Bahbahoriy hadis tinglagan.[2]

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq haqida boshqa muhaddislar qo‘yidagi fikrlarni bildirgan:

Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq hijriy 212, milodiy 827 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan.[5]

  • Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.


  1. Tarixu Bag‘dod. J. 8. –B. 456.
  2. Ansob. J. 2. –B. 125.
  3. Tarixu Bag‘dod. J. 8. –B. 456.
  4. Tahzibu-l-kamol. –B. 434.
  5. Ibn Said. Tabaqot. J. 6. –B. 407.