Kontent qismiga oʻtish

Zal Mahmud posho masjidi

Koordinatalari: 41°02′41″N 28°56′09″E / 41.044778°N 28.935821°E / 41.044778; 28.935821
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Zal Mahmud posho masjidi
turkcha: Zal Mahmut Paşa Camii
Zal Mahmud posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Eyüp tumani
Koordinatalar 41°02′41″N 28°56′09″E / 41.044778°N 28.935821°E / 41.044778; 28.935821
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik 15771590
Gumbaz yoʻgʻonligi 12.4 m (41 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Zal Mahmud posho masjidi (turkcha: Zal Mahmut Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Eyüp (talaffuzi: Eyup) tumanida joylashgan. Yodgorlik imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan va 1590-yilda qurib bitkazilgan.

Zal Mahmud posho masjidi binosi Shah Sulton va uning ikkinchi eri bosniyalik[1] vazir Zal Mahmud posho tomonidan birgalikda vaqf qilingan. Ularning ikkalasi ham 1580-yilda vafot etgan. Shah Sulton Salim II va uning rafiqasi Nurbanu Sultonning qizlaridan biri boʻlgan. 1574-yilda Shah Sultonning birinchi turmush oʻrtogʻi vafot etadi, shundan soʻng u 1553-yilda Sulaymon I buyrugʻi bilan Salim II ning oʻgay akasi va Sulaymonning toʻngʻich oʻgʻli Shahzoda Mustafoni boʻgʻib oʻldirgan Zal Mahmud poshoga turmushga chiqadi[2].

Masjid loyihasi imperator arxitektori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari 1577-yilda boshlangan, ammo Sinon vafotidan ikki yil oʻtib, 1590-yildagina qurilish oʻz nihoyasiga yetgan[2].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehrob atrofiga Iznik koshinlari bilan ishlov berilgan[2].


  1. „Restoring the executioner’s mosque“.
  2. 2,0 2,1 2,2 Necipoğlu 2005.