Kontent qismiga oʻtish

Zamira Zayseva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zamira Zayseva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Zamira Hamatxanovna Zayseva (Axtyamova)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-fevral 1953-yil (1953-02-16) (71 yosh)
Oltinkoʻl qishloq, Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Sport
Qaysi sport yengil atletika
Murabbiy(lar)i Radik Sayfulin
Sport mukofotlari
Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati
Kumush Helsinki 1983 1500 m
Yengil atletika bo'yicha Yevropa chempionati
Kumush Afina 1982 1500 m
Yengil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Yevropa chempionati
Kumush Vena 1979 1500 m

Zamira Hamatxanovna Zayseva (Axtyamova) (tugʻ. 1953-yil 16-fevral, Oltinkoʻl qishloq, Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — sovetlik va oʻzbeklik yengil atletika sportchi, 800 metrga va 1500 metrga yugurish. 800 metrga — 1:56,21 va 1500 metrga — 3:56,14 — natijalar bilan Oʻzbekiston rekordchisi, 1983-yil Helsinkida (Finlandiya) 1500 metrga oʻtkazilgan jahon chempionati kumush medali sovrindori.

U 1969-yilda murabbiyi Radik Xaydarovich Sayfulin qoʻlostida yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1974-yilda u birinchi marta Moskvadagi yengil atletika boʻyicha SSSR chempionatida 1500 metr masofaga sport ustasi normativini bajarib, 4:14,0 natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi, shuningdek Znamenskiylar xotirasidagi xalqaro musobaqalarda 4:16,8 koʻrsatkich bilan gʻolib chiqdi. 1975-yilda u murabbiy Aleksandr Vasilyevich Zaysev bilan mashgʻulotlar oʻta boshladi[1].

1978-yilda Tbilisida (Gruziya) u 1500 metrga yugurishda 4:05,0 natija bilan SSSR chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi. 1979-yildaYevropa qishki chempionatida u 1500 metr masofada kumush medali sohib iboʻlib, SSSR rekordini oʻrnatdi — 4:03,9. 1981-yilda Moskvada 4:03,30 va 1982-yilda Kiyevda (Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi) 3:56,14 natija bilan SSSR chempionatida 1500 metr masofada ikkinchi oʻrinni egalladi. Kiyevdagi natija uning faoliyatidagi eng yaxshi natija boʻlib, hozir ham Oʻzbekiston rekordi hisoblanadi[2].

1982-yil sentyabr oyida Afinada (Gretsiya) boʻlib oʻtgan musobaqa unga Yevropa vitse-chempioni unvonini keltirdi — 3:58,82 natija. 1983-yilda 1500 metrga yugurishda u 4:02,61 natija bilan SSSR xalqlarining Yozgi Spartakiadasi gʻolibiga aylandi. U 4:06,03 natija bilan aka-uka Znamenskiylar xotirasi chempioni boʻldi (har ikkala musobaqa ham Moskvada oʻtkazilgan). Shuningdek, Helsinkidagi birinchi Jahon chempionatida xuddi shu masofada u 4:01.19 natija koʻrsatib kumush medalni qoʻlga kiritdi. Soʻnggi metrlar daqoqilib, Zaytseva tommaʼnoda marrachizigʻidan oʻtib ketdi va amerikalik Meri Dekkerga 0,29 soniy aga yutqazdi. Oʻsha yili Leningradda boʻlib oʻtgan musobaqada u 800 metr masofaga Oʻzbekiston rekordini oʻrnatdi — 1:56,21, ushbu natija hali ham ungategishli. 1985-yilda Leningradda u 3000 metrga 8:42,19 natija bilan SSSR vitse-chempioni va Moskvada 8:35,74 natija bilan Yevropa kubogi vitse-chempioni boʻldi. Zamira Zaytseva Oʻzbekiston tarixida bugungi kungacha ikkinchi oʻrinda turadi[3].