Kontent qismiga oʻtish

Zargartepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zargartepa — 1980-yillarda qurilish paytida vayron qilingan. Samarqand shahar chekkasidagi Sara-tepa qal’asidan yarim kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan ilk oʻrta asrlarga oid Soʻgʻd qal’asi xarobalari[1].

Tadqiqotchilarga koʻra, Zargartepa binolari qal’ani bosqinchilardan himoya qilgan askarlar uchun turar joy boʻlib xizmat qilgan. Qayta qurilgan qal’aning hovlisida xoʻjalik inshootlar va omborxonalar, turar-joy binolarining koʻpligi uning harbiy boʻlinma turar joyi boʻlganiga doir fikrlarga zid emas: askarlarning kamtarona hayoti qaysidir maʼnoda xoʻjalik yurituvchi tashkilotga muhtoj edi. Zargartepada qurilishning yoʻlak-taroq uslubi „kazarma“ spetsifikatsiyasini belgilab bergan[1].

1936-yilda birinchi marta Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyi ekspeditsiyasi tomonidan batafsil oʻrganilgan. Zargartepa 1986-1987-yillarda Samarqand arxeologiya instituti ishchi va olimlari tomonidan kashf etilgan va qazilgan[2].

Zargartepa balandligi taxminan 9 metr boʻlgan kichik tepalikda joylashgan. Qazishma va izlanishlar chogʻida oʻsha davrlarda shatranj xonalari deb maʼlum boʻlgan taxta xonalari, besh qatorda xom va pishiq gʻishtdan qurilgan piramida shaklidagi qator ustunli devor qoldiqlari topildi, sopol idishlar, tangalar qoldiqlari topilgan[2].

  1. 1,0 1,1 Хмельницкий 2000.
  2. 2,0 2,1 НЭУ: Заргартепа & 2000—2005.
  • Xmelnitskiy S. G. Mejdu Kushanami i Arabami. Arxitektura Sredney Azii V—VIII vv. — Berlin—Riga : GAMAJUN, 2000. — 288 p.
  • Zargartepa // Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi : [uzb.]. — Toshkent : Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000—2005. — 154 s.