Zdeněk Ondrášek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zdeněk Ondrášek
Ondrášek 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-dekabr 1988-yil (1988-12-22) (35 yosh)
Tavallud joyi Strakonice, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wisła Kraków
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2000 TJ Baník Stříbro
2000—2005 TJ Blatná
2005—2007 Dynamo České Budějovice
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Dynamo České Budějovice 80 (22)
2009Zenit Čáslav (ijara) 14 (4)
2012Tromsø (ijara) 14 (8)
2012—2015 Tromsø 96 (38)
2016—2018 Wisła Kraków 66 (20)
2019—2020 FC Dallas 23 (9)
2020—2021 Viktoria Plzeň 31 (6)
2021 FCSB 2 (0)
2021 Tromsø 11 (1)
2022— Wisła Kraków 14 (2)
Milliy terma jamoa
2011 Chexiya U21 3 (0)
2019— Chexiya 7 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 26-may uchun)

Zdeněk Ondrašek (talaffuzi: Zdenek Ondrashek; 1988-yil 22-dekabrda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Wisła Kraków va Chexiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dynamo České Budějovice[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ondrášek oʻz faoliyatini 2007-yilda Janubiy Chexiyaning „Cheské Budejovice“ jamoasida boshlagan, 2009-yilda Čáslavda qisqa muddat ijarada oʻynagan[1]. „Dynamo“ga qaytib kelgach, 2010—2011-yilgi Chexiya Birinchi Ligasida klubning eng yaxshi toʻpurarga aylandi[2].

Tromsø IL[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ondrášek 2012-yilning mart oyida Norvegiyaning „Tromsø IL“ jamoasiga ijara asosida qoʻshildi[3]. Liganing ochilish oʻyinida Ondrášek debyut oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi va kuchli qorga qaramay, Fredrikstad FKga qarshi oʻyinning (1:0) yagona golini kiritdi[4]. Asosiy tarkibdagi debyuti bir hafta oʻtgach, 4-aprel kuni Aalesunds FKga qarshi safarda boʻlib oʻtdi[5] .

Wisła Kraków[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ondrášek 2016-yilda Polsha birinchi divizioni Wisła Kraków jamoasiga oʻtdi va Ekstraklasada 66 oʻyinda maydonga tushib, 20 gol va 9 golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Polsha kubogi doirasidagi uchta o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

FK Dallas[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ondrášek 2018-yilning 18-dekabrida Major League Soccerning Dallas klubi bilan shartnoma imzoladi[6].

Viktoria Plzeň[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 13-sentabrda Ondrášek nomaʼlum toʻlov evaziga Viktoria Plzeň bilan shartnoma imzoladi[7].

FCSB[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ondrášek Ruminiya Liga 1 klubi FCSB bilan 2021-yil 28-iyun kuni shartnoma imzolagan[8]. 29-iyul kuni klub xoʻjayini Gigi Becali klubda bor-yoʻgʻi bir oy oʻynagach Ondrášek bilan shartnomani bekor qildi[9][10].

Tromsø ILga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 30-avgust kuni Tromsø IL Ondrášek klub bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[11].

Wisła Krakówga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil oxirida Tromsøni tark etib, 2022-yilning 7-yanvarida polshaliklar futbolchi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolab, Wisła Krakówga qaytdi[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 2-oktabr kuni Ondrášek Angliyaga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash o‘yiniga ilk bor chaqiruv oldi[13]. 11-oktabr kuni xalqaro maydondagi debyutida zaxiradan maydonga tushdi va Chexiya terma jamoasi Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-may, 2022-yil[15]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
České Budějovice 2006—2007 Chexiya birinchi ligasi 1 0 0 0 1 0
2007—2008 Chexiya birinchi ligasi 5 0 0 0 5 0
2008—2009 Chexiya birinchi ligasi 5 0 1 0 6 0
2009—2010 Chexiya birinchi ligasi 24 4 3 0 27 4
2010—2011 Chexiya birinchi ligasi 29 10 3 3 32 13
2011—2012 Chexiya birinchi ligasi 16 8 4 4 20 12
Jami 80 22 11 7 0 0 91 29
Čáslav (ijara) 2008—2009 Chexiya milliy futbol ligasi 14 4 0 0 14 4
Tromsø (ijara) 2012 Tippeligaen 14 8 3 1 17 9
Tromsø 2012 Tippeligaen 15 6 3 2 6 1 24 9
2013 Tippeligaen 29 8 4 1 13 3 46 12
2014 1. divisjon 25 15 1 0 26 15
2015 Tippeligaen 27 9 2 1 29 10
Jami 110 46 13 5 19 4 142 55
Wisła Kraków 2015—2016 Ekstraklasa 16 6 2 0 18 6
2016—2017 Ekstraklasa 24 3 2 0 26 3
2017—2018 Ekstraklasa 7 0 0 0 7 0
2018—2019 Ekstraklasa 19 11 1 1 20 12
Jami 66 20 5 1 0 0 71 21
Dallas 2019 MLS 18 7 2 0 20 7
2020 MLS 5 2 0 0 5 2
Jami 23 9 2 0 0 0 25 9
Viktoria Plzeň 2020—2021 Chexiya birinchi ligasi 31 6 3 0 2 1 36 7
FCSB 2021—2022 Liga I 2 0 0 0 1 0 3 0
Tromsø 2021 Eliteserien 11 1 0 0 0 0 11 1
Wisła Kraków 2021—2022 Ekstraklasa 14 2 0 0 14 2
Jami faoliyati 351 110 33 13 22 5 406 128

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

18-noyabr, 2021-yil [16]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Chex Respublikasi 2019 4 1
2020 3 1
Jami 7 2
Zdeněk Ondrášek tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019-yil 13-oktyabr Sinobo stadioni, Praga, Chexiya  Angliya 2—1 2—1 UEFA Yevro-2020 saralashi
2 2020-yil 18-noyabr Doosan Arena, Plzen, Chexiya  Slovakiya 2—0 2—0 2020—2021 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. CTK. „Budějovice met without reinforcements, they bet on youth“ (cs). Blesk.cz. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  2. CTK. „Budějovice leaving striker, Ondrášek goes to Norway“ (cs). blesk.cz (2012-yil 18-mart). Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  3. Johansen, Asgeir. „Tromsø leier tsjekkisk spiss til sommeren“ (no). 100% Fotball (2012-yil 16-mart). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  4. Hanssen, Kine. „Drømmedebut for Ondrasek“ (no). 100% Fotball (2012-yil 25-mart). 2012-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  5. Johansen, Per Christian. „Ondrasek fra start“ (no). 100% Fotball (2012-yil 2-aprel). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-noyabr.
  6. „FC Dallas Signs Czech Forward Zdenek Ondrasek | FC Dallas“. 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „FC Dallas transfer forward Zdenek Ondrasek to Czech club FC Viktoria Plzen | MLSSoccer.com“.
  8. „Kobra bude Drákulou! Ondrášek má po odchodu z Plzně nové angažmá“.
  9. Will Cobra end up in Romania? The owner of the FCSB is said to invite Ondrášek to terminate the contract! — World Today News
  10. Emanuel Roşu on Twitter
  11. „Zdenek Ondrasek er tilbake!“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  12. „Zdeněk Ondrášek wraca na Reymonta“. Wisła Kraków (2022-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
  13. Boehm. „Play Video Czech Republic national team call up FC Dallas' Zdenek Ondrasek“ (en). mlssoccer.com (2019-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
  14. „Czechs stop England as holders close in on finals“ (en). uefa.com (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
  15. „Zdeněk Ondrášek“ (no). altomfotball.no. TV 2. Qaraldi: 2019-yil 15-dekabr.
  16. „Patrik Schick – national football team player“. EU-football.info. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.