Zelenograd tumani (Kaliningrad viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zelenograd tumani
Зеленоградский район

Gerb
Gerb
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Maʼmuriy markazi Zelenogradsk shahri
Asos solingan sanasi Tumanga rasmiy asos solingan sana: 1946-yil 17-aprel
Maydoni 2016,49 km²
Rasmiy sayti http://www.zelenogradsk.com/
Xaritada
Zelenograd tumani xaritada

Zelenograd tumani – Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyatidagi maʼmuriy-hududiy birlik (maʼmuriy tuman)[1]. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni tashkil etish doirasida 2022-yil 1-yanvargacha u Zelenograd shahar okrugi, 2022-yil 1-yanvardan Zelenograd munitsipal shahar okrugiga toʻgʻri kelgan[2]. Maʼmuriy markazi – Zelenogradsk shahri.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zelenograd tumani Kaliningrad yarim orolining gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, Kaliningrad koʻrfazining qirgʻoqlaridagi, Kursh ko'rfazi va Kursh sohillari yaqinidagi botqoqliklarga toʻgʻri keladi[3]. Shimolda Litva bilan, shimoli-gʻarbda – Svetlogorsk va Pionerskiy tumanlari (shahar tumanlari), gʻarbda – Baltiy tumani va Yantarniy tumani (shahar tumani), janubda – Svetlovskiy tumani bilan chegaradosh, janubi-sharqda – Kaliningrad tumani shahar okrugi bilan, sharqda – Guryevskiy tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Tumanning maydoni 2016,5 km². Viloyatda buyicha tumanlar orasida 9-oʻrinda turadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Zelenograd tumani (munitsipal okrug) qadimgi Prussiya tarixiy viloyatlarining biri hududida Sambiya nomi bilan joylashgan. Tuman 1946-yil 7-sentabrda Konygsberg viloyati tarkibidagi Zemland tumani sifatida tashkil etilgan. 1946-yil 7-sentabrdan Kaliningrad viloyatining Primorsky tumani deb qayta nomlandi. 1963-yilda Primorsky tumani tugatililib, 1965-yilda esa Zelenograd tumani sifatida tashkil qilindi. 2005-yil 18-fevralda Kaliningrad viloyatining 501-sonli Qonuniga muvofiq „Zelenograd tumani“ munitsipal tuzilmasiga muvofiq munitsipal tuman maqomi berildi. Kaliningrad viloyatining 2015-yil 27-apreldagi 420 – sonli qonuni muvofiq, 2016-yil 1-yanvardan boshlab Zelenograd tumanining barcha munitsipal tuzilmalari: Zelenograd shahar aholi punkti, Kovrov qishloq aholi punkti, Krasnotorov qishloq aholi punkti, Pereslav qishloq aholi punkti va Kursh qishloq aholi punktlari birlashtirish yoʻli bilan Zelenograd shahar okrugiga aylantirildi. 2022-yil 1-yanvarda shahar okrugi munitsipal okrugga aylantirildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]