Zelim Kosoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zelim Kotsoev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Zelim Kotsoyev
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 9-avgust 1998-yil (1998-08-09) (25 yosh)
Shimoliy Osetiya, Rossiya
Sport
Qaysi sport dzyudo
Sport mukofotlari
Yevropa chempionati
Bronza Tel-Aviv 2018 100kg gacha
Bronza Praga 2020 100kg gacha
Bronza Lissabon 2021 100kg gacha
Universiada
Oltin Taybey 2017 100kg gacha

Zelim Kotsoev (ozarb ozarbayjoncha: Zelim Kotsoyev, 1998-yil 9-avgust dunyoga keladi) — ozarbayjonlik dzyudochi, dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi, 20182020 va 2021-yillardagi Yevropa chempionati bronza medali sovrindori, 2017-yilgi Jahon yozgi Universiadasi g‘olibi.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zelim Kosoyev 1998-yil 9-avgustda Shimoliy Osetiyada tug‘ilgan. 2014-yil dekabr oyida 16 yoshli Kosoyev 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida sambo bo‘yicha birinchi jahon chempionati g‘olibi bo‘ladi[1] .

2014-yilda Afinada o‘smirlar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘ladi . 2015-yilda u Ukraina terma jamoasida ishtirok eta boshladi va mazkur yil Sofiyada o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida g‘olib chiqadi. Shundan so‘ng Ozarbayjon terma jamoasiga o‘tadi. Kosoyevga Ozarbayjon terma jamoasida qatnashishni vatandoshi Xetag Gazyumov tavsiya qilgandi[2].

2015-yilda Kosoyev Sarayevoda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni olishga muvaffaq bo‘ladi .

2017-yilda Zelim Kosoyev Zagrebda o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ladi. Aynan shu yili Mariborda o‘smirlar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘ladi. 2018-yilda Antaliya Gran-prisida g‘olib chiqadi. 2018-yil Tel-Avivdagi Yevropa chempionatida u bronza medaliga sazovor bo‘ladi. Kosoyev 2020-yilda Pragada o‘tkazilgan Yevropa chempionatida ham bronza medalini qo‘lga kiritadi .

2021-yilda Dohadagi IJF Judo Masters(ingl.) turnirida u kumush medalni qo‘lga kiritadi. Xuddi shu yili Kosoyev "Katta dubulg‘a" turnirida ham g‘alaba qozonadi. Antaliyada o‘tkazilgan finalda u yaponiyalik jahon chempioni Aaron Volfni mag‘lub etdi. Ushbu yili Kosoyev Lissabondagi Yevropa chempionatida bronza medaliga erishadi.

2022-yil fevral oyida Tel-Avivdagi “Katta dubulg‘a” turnirida 3-o‘rinni egalladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]