Zhang Jiaqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Zhang Jiaqi
张佳祺
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Jiaqi
Tavallud sanasi 9-dekabr 1991-yil (1991-12-09) (32 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sichuan Jiuniu
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2011 Le Mans
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Le Mans B 41 (3)
2012—2013 Le Mans 12 (1)
2014 Dalian Aerbin 20 (0)
2015—2019 Guangzhou Evergrande 3 (0)
2016Qingdao Huanghai (Ijara) 9 (1)
2017Shenzhen FC (Ijara) 21 (0)
2018Guangzhou R&F (Ijara) 1 (0)
2019Qingdao Huanghai (Ijara) 12 (1)
2020—2021 Sichuan Jiuniu 13 (1)
2022 Zhejiang 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Xitoy 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)

Zhang Jiaqi (talaffuzi: Chjan Szyasi) (1991-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, „Zheejiang“ jamoasida yarim himoyachis sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Jiaqi futbolchilik faoliyatini Le Mansning yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. U 2012-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgunga qadar ularning oʻrinbosarlari tarkibida oʻynagan. Zhang klubdagi debyutini 2013-yilning 8-fevralida Klermont Footga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. Ketma-ket uchta oʻyinni asosiy tarkibda boshlaganidan soʻng, Zhang oʻzining birinchi golini 2013-yil 22-fevralda Niortga qarshi oʻyinda (3:2) kiritgan va ular bu oʻyin gʻolibiga aylanishgan. Zhang mavsumning qolgan qismida jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. Ammo 2012/2013-yilgi mavsumning soʻnggi kunida Le Mans uchinchi ligaga tushib ketgan. 2013-yilning noyabrida Shveytsariya Superligasi vakili FC Sion Le Mans professional maqomini yoʻqotganidan soʻng Zhang klub bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan, ammo, Zhang klubda roʻyxatdan oʻta olmadi, chunki ular allaqachon tarkibda ruxsat etilgan maksimal 25 oʻyinchiga yetgan edi.

2014-yilning 27-fevralida Zhang yuqori toifadagi Dalian Aerbin shartnoma imzolangan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 30-aprelida Guizhou Renhega qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan.

2014-yil 24-dekabrda Zhang Xitoy Superligasi jamoasi „Guangzhou Evergrand“ga o‘tgan, shundan so‘ng 2014-yilgi mavsum oxirida „Dalian“ quyi ligaga tushib ketgan[1]. U 2015-yilgi mavsum boshida zahira oʻyinchisi sifatida foydalanilish davom etgan, ammo Luiz Felipe Skolari 2015-yilning iyun oyida klubni boshqarganidan keyin Zhang 2016-yilgi mavsumda doimiy zahira oʻyinchisiga aylanib qolgan[2].

2016-yilning 15-iyulida u 2016-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Qingdao Xuanxay“ga ijaraga berilgan[3]. U klubdagi debyutini 2016-yilning 16-iyulida Meizhou Hakkaga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. 2017-yil 23-yanvarda Zhang 2017-yilgi mavsum uchun ikkinchi diviziondagi „Shenzhen“ klubiga ijaraga berilgan[4]. 2018-yil fevral oyida u 2018-yilgi mavsum uchun Guangzhou Evergrandning shahardagi raqibi Guangzhou R&F jamoasiga ijaraga berilgan. Jamoa ichida oʻzini namoyon qila olmagan Zhang Guangzhou R&F uchun atigi bitta liga oʻyinida va FA kubogida ikkita oʻyinda qatnashgan[5]. Zhang 2019-yil fevral oyida ikkinchi marta bir mavsumga „Qingdao Huanghai“ga ijaraga berilgan[6].

2020-yil 25-may kuni Zhang Xitoyning birinchi ligasi vakili „Sichuan Jiuniu“ga o‘tgan.

2020-yil 16-aprelda Zhang Xitoy Superligasi vakili „Chjejiang“ga oʻtgan va ikkinchi marta Jordi Vinyals boshchiligidagi klubga qoʻshilgan[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Le Mans B 2010—2011 CFA 6 0 0 0 - - - 6 0
2011—2012 23 3 0 0 - - - 23 3
2012—2013 12 0 0 0 - - - 12 0
Jami 41 3 0 0 0 0 0 0 0 0 41 3
Le Mans 2012—2013 Liga 2 12 1 0 0 0 0 - - 12 1
Dalian Aerbin 2014 Xitoy Super Ligasi 20 0 0 0 - - - 20 0
Guangzhou Evergrande 2015 Xitoy Super Ligasi 3 0 1 1 - 5 0 0 0 9 1
Qingdao Huanghai (Ijara) 2016 Xitoy Birinchi Ligasi 9 1 0 0 - - - 9 1
Shenzhen FC (Ijara) 2017 Xitoy Birinchi Ligasi 21 0 0 0 - - - 21 0
Guangzhou R&F (Ijara) 2018 Xitoy Super Ligasi 1 0 2 1 - - - 3 1
Qingdao Huanghai (Ijara) 2019 Xitoy Birinchi Ligasi 12 1 2 0 - - - 14 1
Sichuan Jiuniu 2020 Xitoy Birinchi Ligasi 13 1 - - - - 13 1
Karyerada jami 132 7 5 2 0 0 5 0 0 0 142 9

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xitoy 2014-yil 5 0
Jami 5 0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guangzou Evergrand

Qingdao Huanghai

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2019-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 恒大官方宣布邹正张佳祺加盟球队 at sports.sohu.com 24 December 2014 Retrieved 25 December 2014
  2. 恒大3新援球衣号码确定 张佳祺等3人无一队号码 at sports.sina.com 28 January 2016 Retrieved 26 April 2016
  3. 黄海官方宣布恒大小将加盟 at sports.sina.com 15 July 2016 Retrieved 15 July 2016
  4. 深足官宣四内援加盟 延边队长创佳兆业引援纪录 at sports.sina.com 23 January 2017 Retrieved 23 January 2017
  5. 富力不续租恒大弃将 昔日佩兰时期国脚中超难立足 at sports.sina.com 19 November 2018 Retrieved 19 November 2018
  6. 【2019赛季青岛黄海引援公告】——当打之年中坚力量 at weibo.com 28 February 2019 Retrieved 1 March 2019
  7. „官宣 | 欢迎张佳祺加盟浙江队“. Weixin Official Accounts Platform. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  8. „热身赛-佩兰首秀于汉超高迪破门 国足2-0马其顿“. xinhuanet.com (2014-yil 18-iyun). 2014-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.