Zhang Yuning

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Zhang Yuning
张玉宁
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Yuning
Tavallud sanasi 5-yanvar 1997-yil (1997-01-05) (27 yosh)
Tavallud joyi Cangnan, Zhejiang, Xitoy
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Guoan
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2014 Hangzhou Greentown
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015 Hangzhou Greentown 0 (0)
2015-2017 Vitesse 24 (3)
2016-2017Jong Vitesse (Ijara) 9 (1)
2017-2019 West Bromwich Albion 0 (0)
2017-2018Werder Bremen (Ijara) 0 (0)
2018-2019ADO Den Haag (Ijara) 6 (0)
2019- Beijing Guoan 63 (24)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Xitoy U-17 9 (6)
2015-2016 Xitoy U-20 9 (6)
2015-2020 Xitoy U-23 32 (15)
2016- Xitoy 22 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-yanvar uchun)

Zhan Yuning (1997-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Yuning futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Xangzhou Greentown yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. Akademiyadagi bir qancha yaxshi oʻyinlaridan soʻng 2012-yilgi Osiyo U-16 chempionatiga Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan va turnir davomida uchta oʻyinda ikkita gol urgan[1]. 2015-yilgi mavsumda u klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 2015-yil 13-may kuni 2015-yil Xitoy FA kubogi doirasida „Wuhan Hongxing“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini kiritgan[2].

2015-yilning iyulida Zhang Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan[3]. U klubdagi debyutini 2016-yilning 13-fevralida SC Xerenvenga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan, oʻyinning 86-daqiqasida Valeri Qazaishvilining oʻrniga maydonga tushgan[4]. 2016-yil 6-mart kuni u klub uchun birinchi golini Roda JC ga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[5]. U oʻzining ikkinchi golini 2016-yilning 8-mayida „Twente“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan[6]. Zhanga 2016/17- yilgi mavsum uchun 9-raqamli libos berilgan[7] ammo, u asosan mavsum davomida Riki van Volfsvinkelga zaxira oʻyinchisi sifatida qaralgan. 2016-yil 26-oktabrda u KNVB kubogi 2016/17 ikkinchi bosqichida RKC Waalwijkinga qarshi oʻyinda gol urgan[8]. U 2016-yilning 3-dekabrida PEC Zvollega qarshi oʻzining mavsumdagi yagona golini kiritgan[9]. 2017-yilning 31-martida Zhang klub bilan shartnomasini 2018-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan[10]. 2017-yil 30-aprel kuni KNVB kubogi finalida „Vitesse“ AZ Alkmaar ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida u zahirada qolgan[11].

2017-yil iyul oyida Zhang nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida Premer-liga vakili „West Bromwich“ga oʻtgan va darhol Bundesliga vakili „Werder“ga ikki yilga ijaraga berilgan[12]. U asosiy jamoada oʻzini koʻrsata olmagan va 2017/18-yilgi mavsumda atigi ikki marta zaxirada maydonga tushgan. U 2018-yilning 29-aprelida Dortmundning „Borussiya“siga qarshi uchrashuvda va 2018-yilning 12-mayida "Mainz-05 "ga qarshi safar oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan[13][14].

2018-yil 22-iyunda Zhang 2018/19-yilgi mavsum uchun Eredivizionning ADO Den Haag jamoasiga ijaraga berilgan[15]. U 2018-yilning 24-avgust kuni 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Musobaqa davomida oʻng toʻpigʻining bogʻlami yorilib, uch oyga safdan chiqqan[16]. U klubdagi debyutini 2018-yilning 24-noyabrida PEC Zvollega qarshi oʻtkazgan[17].

2019-yilning 24-fevralida Zhang Xitoy Superligasi vakili „Beijing Guoan“ga oʻtgan[18]. 2019-yil 1-mart kuni u klubdagi debyutini mehmonda „Wuhan Zall“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[19]. U klubdagi ilk golini 2019-yil 9-mart kuni safarda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (4:0) kiritgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2016-yil 3-iyun kuni Trinidad va Tobagoga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hangzhou Greentown 2015 Xitoy Super Ligasi 0 0 1 1 - - 1 1
Vitesse 2015-16 Eredivisie 8 2 0 0 0 0 - 8 2
2016-17 Eredivisie 16 1 3 1 - - 19 2
Jami 24 3 3 1 0 0 0 0 27 4
Jong Vitesse (Ijara) 2016-17 Tweede Divisie 9 1 - - - 9 1
Werder Bremen (Ijara) 2017-18 Bundesliga 0 0 0 0 - - 0 0
ADO Den Haag (Ijara) 2018-19 Eredivisie 6 0 0 0 - - 6 0
Beijing Guoan 2019 Xitoy Super Ligasi 25 8 1 0 6 0 0 0 32 8
2020 18 6 1 0 6 2 - 25 8
2021 20 10 0 0 0 0 - 20 10
Jami 63 24 2 0 12 2 0 0 77 26
Karyerada jami 102 28 6 2 12 2 0 0 120 32

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xitoy 2016 6 2
2017 3 0
2018 0 0
2019 1 0
2020 0 0
2021 8 3
2022 4 0
Jami 22 5
Zhang Yuning tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 3.06.2016 Olimpiya sport markazi stadioni, Qinxuangdao, Xitoy  Trinidad va Tobago 2-0 4-2 Oʻrtoqlik
2 3-0
3 11.06.2021 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari Maldivalar bayrogʻi Maldiv 4-0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
4 15.06.2021  Suriya 3-1 3-1
5 7.10.2021  Vietnam 1-0 3-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitesse

  • KNVB kubogi : 2016-17

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „张玉宁完美处子秀助绿城晋级 97年出生信仰基督“ (zh). Sina (14-may 2015-yil).
  2. „足协杯第三轮 绿城客场点胜宏兴“ (zh). Hangzhou Greentown F.C. (13-may 2015-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  3. „绿城18岁小将留洋欧洲 小张玉宁赴荷甲维特斯“ (zh). Sina (2-iyul 2015-yil).
  4. „HET DEBUUT VAN YUNING ZHANG IN 10 BEELDEN“ (nl). SBV Vitesse (13-fevral 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  5. „Roda JC Kerkrade vs. Vitesse (1 : 2)“. OneFootball (6-mart 2016-yil). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2016-yil.
  6. „GELIJKSPEL NIET GENOEG VOOR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (8-may 2016-yil). Qaraldi: 19-iyul 2016-yil.
  7. „LEWIS BAKER KEERT TERUG NAAR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (24-iyun 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  8. „VITESSE TEN KOSTE VAN RKC WAALWIJK NAAR DERDE BEKERRONDE“ (nl). SBV Vitesse (26-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  9. „ZEGE MET DRIE GOALS VOOR VITESSE“ (nl). SBV Vitesse (3-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  10. „Aflopende contracten bij Vitesse“ (nl). SBV Vitesse (31-mart 2017-yil). Qaraldi: 31-mart 2017-yil.
  11. „AZ 0 - 2 VITESSE“. soccerway (30-aprel 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  12. „Albion recruit future prospect Zhang“. West Bromwich Albion F.C. (3-iyul 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  13. „WERDER BREMEN 1 - 1 BORUSSIA DORTMUND“. soccerway (29-aprel 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  14. „MAINZ 05 1 - 2 WERDER BREMEN“. soccerway (12-may 2018-yil). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  15. „ADO DEN HAAG VERWELKOMT YUNING ZHANG“ (nl). ADO Den Haag (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  16. „腾讯专访张玉宁:一定会踢上比赛,梦想欧冠以及在国家队证明自己“ (zh). ADO Den Haag (WeChat subscription) (19-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.
  17. „ADO DEN HAAG KNOKT ÉN VOETBALT ZICH LANGS PEC ZWOLLE“ (nl). ADO Den Haag (24-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2018-yil.
  18. „北京国安官方宣布张玉宁加盟 身披9号征战中超“ (zh). Sina.com (24-fevral 2019-yil). Qaraldi: 24-fevral 2019-yil.
  19. „张玉宁中超首秀亮点够足 强力支点能为国安干大事“ (zh). Sina.com (1-mart 2019-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
  20. „热身-张玉宁两球姜宁闪击 奇兵轰死角国足4-2胜“ (zh). Sina (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.