Zhao Junzhe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Zhao Junzhe
肇俊哲
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhao Junzhe
Tavallud sanasi 19-aprel 1979-yil (1979-04-19) (45 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985—1997 Liaoning F.C.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2016 Liaoning F.C. 405 (51)
Milliy terma jamoa
1998—2008 Xitoy 71 (2)
Boshqargan klublari
2017 Liaoning F.C. (Yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2016-yil 10-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 30-oktyabr uchun)

Zhao Junzhe (talaffuzi: Chjao Szyunchje) (1979-yil 19-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi, asosan Xitoy Superligasining „Lyaoning“ klubida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhao Junzhe klubning yoshlar akademiyasidan Liaoning FKning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 1998-yilgi mavsumda debyut qilgan. U oʻsha mavsumda Liaoning uchun muhim oʻyinchi boʻlgan va ularga Xitoy FA kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan[1]. Keyingi mavsumda u klub sardori lavozimiga koʻtarilgan. 2004-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumlarda klubning mavqeyi tushib ketgan va 2008-yilgi mavsum oxirida Zhao klubi bilan ikkinchi divizionga yoʻl olgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, u jamoada qolgan va 2009-yilgi mavsumda ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishgan. Zhao 2016-yilgi mavsum oxirida futboldan ketishini eʼlon qilgan. 2016-yilning 30-oktabr kuni u faoliyatidagi soʻnggi marta „Jiangsu Suning“ga qarshi liga oʻyinida maydonga tushgan[2].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhao 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻsha paytdagi murabbiy Bora Milutinovich tomonidan Xitoy terma jamoasiga kiritilgan[3]. Oʻshanda terma jamoa tarkibida guruh bosqichining ikkita oʻyinida maydonga tushgan va Braziliyaga qarshi oʻyinda gol urishga bir bahiya qolgan[4]. U 2004-yilgi OFK Osiyo Kubogida muhim rol oʻynagan, musobaqada Xitoy ikkinchi oʻrinni egallagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 29-sentabrda Zhao chempionat jadvalining eng quyi pogʻonasidan joy olgan „Liaoning“ futbol klubining vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan[5]. 14-oktabr kuni murabbiy sifatidagi birinchi oʻyinida u Liaoning bilan ikkinchi oʻrindagi Shanghai SIPG jamoasiga qarshi 3:3 hisobida durangga erishgan[6]. Biroq, Liaoning mavsumning soʻnggi uchta oʻyinida magʻlub boʻlgach, ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2017-yil 12-dekabrda Chen Yang Liaoning murabbiylik lavozimini egallagach Zhaning faoliyati yakuniga yetgan[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga Kubok Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
China PR Liga FA Kubogi CSL Kubogi Osiyo Boshqa Jami
1998 Liaoning F.C. Xitoy Jia-B Ligasi 3 - - - - - - 3
1999 Xitoy Jia-A Ligasi 25 3 0 0 - - - - - - 25 3
2000 24 4 4 1 - - - - 1 0 29 5
2001 25 4 1 1 - - - - - - 26 5
2002 27 3 5 1 - - - - - - 32 4
2003 27 5 3 3 - - - - - - 30 8
2004 Xitoy Super Ligasi 21 3 1 0 0 0 - - - - 22 3
2005 15 0 2 1 3 0 - - - - 20 1
2006 28 3 1 0 - - - - - - 29 3
2007 28 4 - - - - - - - - 28 4
2008 29 4 - - - - - - - - 29 4
2009 Xitoy Birinchi Ligasi 24 5 - - - - - - - - 24 5
2010 Xitoy Super Ligasi 29 0 - - - - - - - - 29 0
2011 28 5 0 0 - - - - - - 28 5
2012 26 4 4 1 - - - - - - 30 5
2013 24 1 1 0 - - - - - - 25 1
2014 20 3 1 0 - - - - - - 21 3
2015 2 0 0 0 - - - - - - 2 0
2016 3 0 0 0 - - - - - - 3 0
Karyerada jami 405 51 23 8 3 0 0 0 1 0 432 59

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gollar
1998 8 1
1999 0 0
2000 0 0
2001 0 0
2002 10 1
2003 8 0
2004 20 0
2005 5 0
2006 8 0
2007 5 0
2008 7 0
Jami 71 2

Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
8.12.1998 Bangkok, Tailand  Tojikiston 3-1 1998-yil Osiyo oʻyinlari
7.12.2002 Manama, Bahrayn  Suriya 3-1 Oʻrtoqlik oʻyini

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liaoning Whowin

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2009[8]
  • Xitoy FA Superkubogi : 1999-yil

Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Osiyo Kubogi Yulduzli jamoasi aʼzosi: 2004-yil
  • Xitoy futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi futbolchisi: 2004-yil
  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2002, 2003

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „姓名:肇俊哲“. sports.sina.com.cn. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  2. „肇俊哲辉煌球员生涯落幕 辽足19年忠魂创造历史“. sports.sohu.com (2016-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
  3. „BBC SPORT“. news.bbc.co.uk (29-may 2002-yil). Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  4. „Zhao Junzhe“. fifa.com. 1-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  5. „辽足保级关键时期突然换帅 洋帅离任肇俊哲接手“. sina (2017-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  6. „肇俊哲:这才是辽足真实水平 我的情怀只是一方面“. sina (2017-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  7. „二进宫!辽足官宣陈洋重掌球队 签三年盼早回中超“. sina (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  8. „中甲最终积分榜:辽宁冠军南昌冲超成功 四川降级“. sports.sina.com.cn (2009-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.